Xorijiy mamlakatlarda advokatura Reja: 1. Xorijiy mamlakatlar advokatura institutlari qiyosiy-huquqiy tahlilining ahamiyati .2. Rossiya Federatsiyasida advokatura 3. Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari (Ukraina, Belorussiya, Moldova, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya) da advokatura 4. AQSHda advokatura 5. Germaniyada advokatura 6. Buyuk Britaniyada advokatura 7. Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari (Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya)da advokatura 8. Advokatlarning xalqaro jamoat birlashmalari 9. Bepul yuridik yordam va advokatura: xalqaro-huquqiy jihatlar 1. Xorijiy mamlakatlar advokatura institutlari qiyosiy-huquqiy tahlilining ahamiyati Xorijiy mamlakatlar advokatura institutlari qiyosiy-huquqiy tahlili turli mamlakatlardagi mazkur institutning o'ziga xos va bir-biridan farqlovchi xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Yuridik fanda qiyosiy-huquqiy tahlil turli huquqiy tizimlar, shu jumladan advokaturani o'rganishning muhim usullaridan biridir. Tahlilning bu turini qo'llash turli huquqiy tizimlardagi advokaturaning umumiy, alohida va mushtarak xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Turli mamlakatlardagi advokatura institutini o'rganishda qiyosiy-huquqiy tahlilni qo'llash tizimli va aniq maqsadni qo'zlab amalga oshirilgandagina o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. Advokatura institutini o'rganishda qiyosiy-huquqiy tahlilning turli shakllari qo'llaniladi. Advokatura tarixini o'rganishda tarixiy qiyosiy-huquqiy tahlil qo'llanilib, advokaturaning rivojlanishi qonuniyatining tarixiy jihatlari o'rganiladi. Ko'pchilik holatlarda esa qiyoslash predmeti turli davlatlardagi amaldagi advokatura instituti bo'ladi. Bu tahlil advokatura institutining hozirgi zamonda rivojlanish tendensiyalarini o'rganishga xizmat qiladi. Advokaturani qiyosiy-huquqiy tahlil etishning obyektlari xilma-xil bo'lishi mumkin. Qiyosiy tadqiqotning obyektiga qarab, u turli darajada o'tkazilishi mumkin. Birinchi, nisbatan eng past darajadagi tadqiqot - bu advokatura to'g'risidagi huquqiy normalarni qiyoslash (mikroqiyoslash)dir. Bunda qiyoslashning obyekti bo'lib, turli davlatlarning advokatura to'g'risidagi qonun hujjatlari hisoblanadi. Bu darajadagi qiyoslashda ko'pchilik hollarda tegishli qonun hujjatlarining yuridik-tahlil jihatlari qiyoslanadi. Ikkinchi, o'rta darajadagi tadqiqotda advokatura huquqiy institutlari qiyoslanadi. Bunda advokatura institutlari, butun huquqiy tizim bilan bog'liq holda advokatlik faoliyati kafolatlari va advokatlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari tadqiqot (qiyoslash) obyekti bo'lib, xizmat qiladi. Uchinchi, yuqori darajadagi tadqiqotga advokatura institutlari har tomonlama qiyoslanadi (makroqiyoslash). Bunda turli huquqiy tizimlardagi hozirgi zamon advokatura institutlari ularning shakllanishi va faoliyat ko'rsatishi jarayoni, faoliyatining asosiy prinsiplari va huquqiy tartibga solish manbalari, ijtimoiy himoya va advokatlik kasbining obruyi, advokatlik amaliyoti nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning bu turli advokatura institutlari haqida nisbatan to'la va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish hamda uni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan takliflar ishlab chiqish imkonini beradi. Qisqacha qilib aytganda, turli huquqiy tizimlar va mamlakatlardagi advokatura institutlarini qiyosiy-huquqiy tahlil yordamida o'rganish birinchidan, hozirgi zamonda advokaturaning roli, funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini tushunib yetishga, ikkinchidan, advokatlik faoliyatining huquqiy asoslarini, advokatlik faoliyati amaliyotini takomillashtirishga, uchinchidan, advokatura instituti bilan bog'liq nazariy bilimlarni o'rganish, advokatlarning umumiy va kasbiy madaniyatini oshirishga ko'maklashadi. 2. Rossiya Federatsiyasida advokatura Rossiya Federatsiyasida advokatlik faoliyati va advokatura ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.28 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.28 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: docx