Xorijiy mamlakatlarda davlatning hududiy tuzilishi

Xorijiy mamlakatlarda davlatning hududiy tuzilishi

O'quvchilarga / Huquq
Xorijiy mamlakatlarda davlatning hududiy tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy mamlakatlarda davlatning hududiy tuzilishi Reja Davlat tuzilishi shakllari tushunchasi. Unitar davlatlar (Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya). Federativ davlatlar-federalizm (AQSH, Meksika, Rossiya). Konfederatsiya. Hamdo'stlik davlatlari (Britaniya birlamligi, MDH). Hamjamiyat (YevropaIttifoqi, Osiyo mamlakatlaridagi hamjamiyat shakllari). Rossiya va Belorusiya hamjamiyati (1996 y). Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati. Avtonomiya. Malumki, har qanday davlat muayyan hududda joylashgan bo'ladi. Uning fuqarolari ham xuddi shu hududda istiqomat qilishadi. Davlat o'zining ijtimoiy funksiyalarini bajarar ekan, fuqarolarning iqtisodiy turmushi va himoyasini tashkil etish, sug'o'rta zahiralarini yaratish va hoka'zolar uchun turli xil faoliyatni amalga oshiradi. Ammo aholining soni ancha ko'p, hududiy ko'lami katta bo'lgan sharoitlarda bir markazdan turib bu faoliyatni amalga oshirish - qariyb uddalab bo'lmaydigan vazifadir. Fuqarolar soni va hudud ko'lami muayyan chegaraga etganda mamlakat hududini okruglar, viloyatlar, o'lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, uezd singari hududlarga bo'lish hamda shu hududiy tuzilmalarda hokimiyatning mahalliy (hududiy) organlarini tuzish zarurati tug'iladi. Shu tariqa hokimiyat va boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o'rtasida vakolatlarni bo'lish ehtiyoji ham paydo bo'ladi. Bu davlat (hududiy) tuzilishi zaruratini keltirib chiqaradigan birinchi sababdir. Ikkinchi sabab u yoki bu davlat aholisining ko'pmillatliligi bilan bog'liq. Har bir halq, millat o'z an'analari, davlatchilik bo'yicha tarixiy tajribasi, madaniy, til va boshqa ma'naviy ehtiyojlarga ega. Bularning hammasini davlat tuzilishi chog'ida nazarda tutish kerak. Uchinchi sabab subyekti va hatto tasodifiy omillar - o'zlashtirib olish, mustamlakachilik ta'siri, siyosiy manfaatlar va boshqa ko'pgina holatlardan iborat bo'lishi mumkin. Boshqaruv shakli singari hududiy to'zilish ildizlari ham juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimgi Sharq zulmkor imperiyalariyoq viloyatlar, shaharlar, zabt etilgan hududlar va boshqalarga bo'lingandi. Ular o'z hududiy tuzilmalari hamda o'z hokimiyat va boshqaruv organlariga ega bo'lgan. Shuni takidlab o'tish joizki, Qadimgi Turonzaminda tarixan ato etilgan va chegaralangan hudud ona-Vatan hisoblangan. «Vatan tushunchasi keng manoda va tor manoda ham qo'llaniladi. Bir halq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng manodagi tushunchadir. Kishi tug'ilib o'sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor manodagi tushunchadir Hazrat Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt, o'rin, tug'ilib o'sgan joy, maskan, manzil manolarida ishlatganlar Vatan tushunchasi tarix davomida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot munosabati bilan o'zgarib, kengayib, rivojlanib, boyib kelgan. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida muayyan qabila yashagan joy o'sha qabilaning Vatani sanalgan. Jondosh va tildosh qabilalarning uzviy ittifoqidan elat paydo bo'lgan, elat yashagan hudud el deb atalgan. Masalan, o'zbek halqi dostonlarida Chambil eli iborasi ko'p uchraydi. Muayyan hudud doirasida markaziy boshqaruvning paydo bo'lishi bilan Vatan tushunchasi elat, yani halq va davlat tushunchalarini o'ziga qamrab olgan. Halqning tili, madaniyati, iqtisodiy turmushi, ruhiy va ruhoniy, ma'rifiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.15 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.15 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga