Xorijiy mamlakatlarda parlament Reja Parlamentning ijtimoiy vazifasi, tushunchasi va vakolatlari. Parlament-davlatning umummilliy vakillik organi. Parlamentning vujudga kelishi va rivojlanishi. Parlament va parlamentarizm. Parlament tarixi ko'p asrlar bilan o'lchanadi. Parlament jamiyat va davlat bilan birga takomillashar ekan, o'zida tarixiy vaziyatlardagi taraqqiyot an'analarini, iqtisodiy, siyosiy, harbiy sohalardagi ijtimoiy kuchlar munosabatini namoyon etadi. Birinchi ming yillik chegarasidayoq halq yig'inlari shakllangan va ishlab turgan: masalan, grek shaharlari va Rimda, keyinchalik Angliya va Ispaniyada - yig'inlar, qadimiy Novgorodda - veche. Fuqarolar yoki «tanlanganlar» (oqsoqollar, vakillar, knyazlar, aslzodalar)ning bu majlislarida u yoki bu hududdagi dolzarb muammolar muhokama qilingan. Hududlarning cheklanganligi esa, bunday majlislarni deyarli muntazam o'tkazishga etarli imkon bergan. Asta-sekin muhokama qilinayotgan muammolar yanada aniqlashtirilib shaxsiy, bahsli va sudga oid ishlar bilan bir qatorda, umumahamiyatli ishlar mavzui, yani urush va tinchlik muammolari, qo'shnilar bilan o'zaro munosabat masalalari muhokama qilingan. Bunday muhokamalarni parlamentning tarixiy timsoli yoki uning shakllanishidash boshlang'ich bosqich sifatida qarab chiqish mumkin. Parlament rivojlanishining ikkinchi bosqichi, uning davlat forumi sifatida maydonga kelish davriga taalluqlidir. XII-XII asrlardagi Angliya parlamenti birinchi bo'lib bunday rolni qo'lga kiritib, hatto mumtoz namuna sifatida tan olingan. Keyinchalik, XVI-XVII asrlarda parlament podsho hO'z uridagi kengash vazifasini bajaruvchi tabaqaviy-vakolatli idoraga aylangan. Parlament taraqqiyotining uchinchi bosqichi XVII asr oxiridan boshlab XIX asr oxirlarigacha davr bilan bog'liq. Bu davrda parlamentarizm g'oyalari to'liq shakllanib bo'ldi. Yevropafaylasuflari Dj.Lokk, J.J.Russo, Sh.Monteske, Volterning ishlarida, shuningdek, 1787 yil Amerika Konstitutsiyasi «otalari»ning siyosiy traktatlarida halq suvereniteti, hukmdor va oddiy odamlar orasidagi ijtimoiy shartnoma g'oyasi ishlab chiqilgan edi. Hokimiyatning bo'linishi haqidagi malum doktrinada qonun chiqaruvchi hokimiyat sifatida parlamentga muhim ahamiyat berildi. Binobarin, birinchi marta halq vakillarining qonunchilik faoliyati bilan, qonunning saylovchilarning halqona istak bildirishlari bilan bog'liqligi haqida xulosaga kelishgan edi. Parlamentning rivojlanishidagi to'rtinchi bosqich XIX asrni o'z ichiga oladi. Bu davrda parlament batamom davlat organi sifatida shakllanib bo'ldi. Saylov qonunlari parlament a'zolarini muntazam saylash asosini yaratadi. Parlament amalda yagona qonunchilik manbaiga aylanib, qonunni qabul qilish huquqi faqat unga berildi. O'sha vaqtda parlament institutlari qonun yaratish jarayoni, deputatlar statusi, ijro organlari, partiyalar, matbuot bilan munosabatlar shakllana boshlanadi. Parlament rivojlanishining beshinchi bosqichi XX asrga to'g'ri keldi va parlament ahamiyatining o'sishi bilan xarakterlanadi. Agar asrning birinchi yarmida parlamentlar davlat tizimida o'zini isbotlashi kerak bo'lgan bo'lsa, urushdan keyingi yillarda parlamentning ustuvorlik g'oyasi ommaviy tarzda tan olindi. Jahon hamjamiyati ushbu g'oyaning kafolatiga aylandi. Parlamentlar jamoatchilik fikrini faol aks ettirish va unga ta'sir qilish orqali ijtimoiy hayotda to'liq manoda markaziy o'rinni egallaydi. Ularning yetukligi demokratik fuqarolik jamiyatining ko'rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Parlament institutlari katta tajriba orttirdilar va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.9 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.9 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc