Xorijiy mamlakatlarda prokuratura organlari Reja: Avstriya prokuraturasi. Prokuratura xizmati va politsiya funksiyalari Okrug prokurorining asosiy funksiyalari Italiya prokuraturasi. Xorijiy mamlakatlarda prokuratura organlari Prokuratura organlarining davlat va jamiyat hayotidagi rolini muxokama qilganda birinchi navbatda milliy huquqiy tizimdan kelib chiqish zarur. Shundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, jahonda prokuratura organlarining xalqaro standarti yo'q. Chunki har bir davlat bu o'rinda o'ziga xos yo'nalishga ega. Misol uchun, AQSH, Estoniya, Qozog'iston kabi davlatlarda prokuratura davlatning ijroiya hokimiyati tarkibiga kirsa, Ispaniya, Bolgariya, Latviya, Gruziya kabi davlatlarda sud hokimiyati tarkibiga kiradi. Fransiya, Italiya, Ruminiya kabi davlatlarda esa prokuratura sud va ijroiya hokimiyati o'rtasidagi o'rinni egallaydi1. Bugungi kunga kelib davlat organlari tizimi ichida prokuraturaning o'rnidan kelib chikqan holda davlatlarni to'rtta guruhga bo'lish mumkin. 1. Prokuratura adliya vazirligi tarkibiga kiradigan davlatlar (AQSH, Polsha, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Daniya, Ruminiya, Isroil, Yaponiya, Estoniya, Suriya). Ularda adliya vaziri bir vaqtning o'zida bosh prokuror ham bo'lishi mumkin. 2. Prokuratura sud tizimiga kiradigan davlatlar (Ispaniya, Kolumbiya, Bolgariya, Latviya). 3. Prokuratura alohida davlat hokimiyati hisoblanadigan, yani ijroiya va sud hokimiyati tarkibiga kirmaydigan davlatlar (Vetnam, Xitoy, Koreya xalq Demokratik Respublikasi, Kuba va Laos). 4. Prokuratura yoki unga o'xshash institutlar yo'q davlatlar (Buyukbritaniyada prokuratura ins tituti umuman yo'q. Davlat ayblovi Davlat ayblovi xizmati degan organ tomonidan qo'llab-quvvatlanadi).2 Takidlash joizki, hamma davlatlarda ham prokuratura konstitutsiyaviy institut hisoblanmaydi. Masalan, AQSH konstitutsiyasida fakatgina Bosh prokuror lavozimi mavjudligi va uni lavozimga tayinlash tartibi haqida so'z yuritiladi. Bu turdagi davlatlarga prokuratura ijro etuvchi yoki sud hokimiyati tarkibiga kiruvchi davlatlar kiradi. Bu yerda prokuraturaning faoliyati qonunlar bilan tartibga solinadi (AQSHning 1870 yildagi «Adliya vazirligini tashkil etish to'g'risida»gi Qonuni, Italiyaning 1930 yildagi JPK, Fransiyaning 1958 yildagi JPK). Yaponiyada prokuraturaning faoliyati va vakolatlari 1944 yilgi «Prokuratura to'g'risida»gi dekret bilan belgilanadi. Germaniyada esa 1877 yilgi «Sud tuzilmalari to'g'risida»gi qonun bilan tartibga solinadi3. MDH hamda Lotin Amerikasi davlatlarida prokuratura institutining huquqiy asoslari va asosiy vazifalari konstitutsiyada belgilangan. Ularda prokuratura institutiga alohida boblar bag'ishlangan. Lekin bazi davlatlarda prokuratura totalitar tuzumning mahsuli deb qaralib, unga konstitutsiyada o'rin berilmagan (Polsha) yoki juda kam o'rin berilgan (Litva, Sloveniya, Slovakiya). Hatto, Rossiya Konstitutsiyasida prokuratura institutiga bittagina modda (129-modda) bag'ishlanib, unda prokuraturaning funksiyasi haqida so'z yuritilmay, faqat maqomi va tashkiliy asoslari haqida gapiriladi. Kozog'istonda prokuratura faoliyati Prezidentning qonun kuchiga ega bo'lgan «Prokuratura to'g'risida»gi Farmoni asosida tartibga solinadi4 . Tojikistonda esa «Prokuratura to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun mavjud. Deyarli barcha davlatlarda prokuratura organlari mustaqil hisoblanib, prokurorlar faqatgina qonunga buysungan holda ish yuritadilar. Shu bilan birga ular o'z faoliyati davrida siyosiy partiya va harakatlarga azolikni to'xtatib qo'yadilar hamda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.33 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.33 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc