Xorijiy mamlakatlarda qonun chiqarish jarayoni Reja Qonun chiqarish jarayoni tushunchasi va uning bosqichlari. Qonunchilik tasabbusi, taklif yoki qonun loyihasining kiritish tartibi. Qonun loyihasiga qo'shimchalar, o'zgartirishlar yoki to'z atishlar kiritish tartibi. Qonun loyihasiga qabul qilish va ovoz berish turlari turlari, boshqa palatlar tomonidan qonun loyihasini ko'rib chiqish va qonun chiqarish jarayonida palatalararo munosabatlar tizimi. Sanksiya berish, promulpgatsiya, qonunni e'lon qilish. Qonunni kuchga kirishi. Qonunni yaratish jarayoni, ya'ni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita faoliyat qonunchilik tashabbusi ro'yobga chiqishidan boshlanadi. Qonunchilik tashabbusi-qonun loyihasini o'rnatilgan tartibda qonunchilik muassasasiga rasmiy tarzda kiritish. hozirgi davrda xorijiy davlatlarda parlament deputatlari, parlament qo'mitalari, davlat rahbari, hukumat, umummilliy vakolatga ega tegishli muassasalar qonunchilik tashabbusiga ega. Qonunchilik tashabbusi qonunchilik jarayonining birinchi bosqichi bo'lib, u odatda, Konstitutsiya tomonidan belgilangan qonunni qabul qilish tartibidir. Qonunchilik tashabbusi huquqi-Konstitutsiyada belgilangan vakolatli organlar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul qilish to'g'risida, shuningdek qonunni o'zgartirish yoxud uni bekor qilish to'g'risidagi taklifni Oliy Majlis e'tiboriga taqdim etilishi va parlament tomonidan bu masalani belgilangan tartibda ko'rib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir. Yuridik adabiyotlarda qonunchilik tashabbusining obyekti xususida bahs-munozara mavjud. Ba'zi olimlar bunday obyekt sifatida parlamentga tayyor qonun loyihasi kiritilishini nazarda tutadilar. Ikkinchi guruh olimlari biron-bir qonunni qabul qilish to'g'risida taklifni ilgari surishining o'zi qonunchilik tashabbusi bo'ladi, deb hisoblaydilar. Bu munozaraga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Reglamentining 66-moddasida aniq javob berilgan: «Qonunchilik tashabbusi huquqi yangi qonunlar loyihalarini, amaldagi qonunlarga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflarni (qonun chiqarish to'g'risidagi takliflarni) kiritish shaklida amalga oshiriladi». Qadimgi davlatlarda qonunchilik tashabbusi bilan har bir davlatning o'z odat va normalariga qarab shug'ullanishgan. Masalan qadimgi Sharq davlatlarida davlat boshlig'i-despot (podsho, fir'avn) hokimiyati cheklanmagan bo'lib, uning qo'lida ijtimoiy hokimiyatning hamma tarkibiy elementlari-oliy qonun chiqarish, ijro etuvchi, sud va harbiy hokimiyat to'plangan. Qadimgi podsholik davrida Misr davlatida qonun chiqarish huquqi Fir'avnning qo'lida bo'lgan. Qadimgi (Misr) grek yozuvchisi Diodar Sitsiliyalikning xabar berishicha, Misrda birinchi qonun chiqargan afsonaviy podsho-birinchi sulolaning birinchi podshosi Menes bo'lgan, ikkinchi podsho Sazixis bo'lgan. Gerodot va Diodar ko'rsatganlaridek, Sozixis qarz olish shartlarini belgilovchi qonun e'lon qilgan. Misrda miloddan avvalgi XII asrda yozma qonunchilik ancha taraqqiy qilgan. Masalan, ayniqsa, Reshzes II podsholigi davrida ko'p qonunlar chiqarilgan. Bu qonunlar misr armiyasini, jamiyatning ijtimoiy to'z umini va byurokratik davlat apparatini mustahkamlashga qaratilgan. Nihoyat, miloddan avvalgi VII asrda podsho Bokxorisning sakkizta kitobi (qirqta noma) dan iborat katta kodeksi paydo bo'lgan. Mazkur qonunlar bo'yicha Misr tarixida birinchi marta qarzdorlarni qarzi uchun qulga aylantirish ta'qiqlab qo'yilgan Miloddan avvalgi VI asrda podsho Amasis mahalliy hokimiyat faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.88 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.88 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc