Xorijiy mamlakatlarda saylov jarayoni Reja: Saylov jarayoniga tasnif Saylov huquqi tamoyillari; Xorijiy mamlakatlarda saylov tizimlari; Xorijiy mamlakatlarda saylov jarayoni Istiqlol sharofati ila «dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi». Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish, jahon andozalariga mos, o'z milliy qadriyatlariga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishga kirishdi. Umumxalq saylovlari asosida vakillik organlarini shakllantirish demokratik - huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Demokratik davlatlarda saylovlarni o'tkazish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi, zero, bu jarayon mamlakatdagi vakillik organlari qanday siyosiy kuchlardan tashkil topishini aniqlab beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: «Saylovlar jarayonida har qaysi davlat, jamiyatda xilma - xil fikrlar, odamlarning hoxish - irodasi, orzu umidlari, ijtimoiy kayfiyatlar ayniqsa yaqqol namoyon bo'ladi. shu bilan birga har qanday siyosiy harakatlar va kuchlar saylovlarga tayyorgarlik ko'rishi, o'z platformalarini aniq belgilab olishi - bularning barchasi tabiiy hol. Busiz hayot, taraqqiyot bo'lmaydi». Yuqorida Prezidentimiz ta'kidlab o'tganlaridek chinakam demokratik huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish uchun eng avvalo boshqa davlatlar tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va boshqalarni o'rganish foydadan xoli emas. Bugungi kunga kelib huquqiy adabiyotlarda saylov jarayoni bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalasini tadqiq qilishga o'z hissasini qo'shgan olimlar ko'p. Umuman olganda, saylov huquqi va protsedurasi masalasi taniqli huquqshunos olimlar A.X. Saidov, U.Tojixonov, N.A.Mixaleva, A.A.Mishin, V.YE.Chirkin, M.F.Chudakov va boshqalarning ilmiy asarlarida ko'rib chiqilgan. Saylov jarayoni va huquqiga doir ko'plab fikrlar mavjud bo'lsa-da, bu masalani takomillashtirib borish muhim vazifalardan biri bo'lib, yosh o'zbek davlati huquqshunos olimlari tomonidan ham o'rganilishi lozimdir. Shuningdek, ushbu mavzuni tadqiqot qilish orqali qonunchilikda va amaliyotda uchraydigan kamchiliklar aniqlanadi hamda qonunchilikni takomillashtirishda ijobiy turtki bo'ladi. Tadqiqotda o'zbek olimlari bilan birgalikda rus va boshqa xorijiy mamlakatlar olimlarining ilmiy ishlaridan, saylov munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasidagi qonunchilikning o'ziga xos xususiyatlaridan foydalanib fikr - mulohazalar bildirilganligi ham ishning yangiligidan, amaliy ahamiyatidan dalolat beradi. Mantiqiy isbotlashning analiz va sintez usullariga tayanib olib borilgan izlanishlar natijasi induktiv va deduktiv xulosa chiqarish orqali vujudga keldi. Kurs ishini yozishda muallif tomonidan qiyosiy, huquqiy, tahlil, amaliyot materiallarini umumlashtirish kabi usullardan foydalanildi. Tadqiqot natijasida saylov huquqi va jarayonini biln bog'liq bo'lgan munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasidagi bilimlarni takomillashtirishga oid fikr va mulohazalar, takliflarning ishlab chiqilganligi, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga oid amaliy xulosalarning mavjudligi ishning amaliy ahamiyatidan dalolat beradi. Ushbu mavzuni yoritishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridan, yetakchi huquqshunos olimlarning ilmiy ishlaridan foydalanildi. Ishning maqsadi va vazifalari, mavzuning mohiyati va mazmuni, ilmiy yangiliklar, olingan natijalar va xulosalar - kirish, uchta bob ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.12 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.12 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc