Xorijiy mamlakatlarning saylov tizimlari

Xorijiy mamlakatlarning saylov tizimlari

O'quvchilarga / Huquq
Xorijiy mamlakatlarning saylov tizimlari - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy mamlakatlarning saylov tizimlari Reja Xorijiy mamlakatlardagi saylov tizimining tushunchasi va turlari. Nisbiy ko'pchilikka asoslangan majoritar saylov tizimi. Mutloq ko'pchilik uchun mojoritar saylov tizimi. Malakaviy ko'pchilik uchun saylov tizimi. Siyosiy partiyalar vakillari uchun mutanosiblik tizimi (proportsional). Proportsional saylov tizimining ko'rinishlari. Majoritar saylov tizimlari. Eng keng tarqalgan saylov tizimlaridan biri - bu majoritar saylov tizimi bo'lib, saylov natijalarini aniqlashda ko'pchilik ovozi tamoyiliga asoslanadi. Bu tizim qoidalariga binoan, tegishli saylov okrugida belgilangan ko'pchilik ovozni olgan nomzod yoki nomzodlar ro'yxatigina saylovda g'olib chiqqan hisoblanadi. Majoritar saylov tizimi o'z navbatida mutlaq ko'pchilik, nisbatan va ikki bosqichdan iborat ko'pchilik ovoziga asoslangan saylov turlariga bo'linadi. Mutlaq ko'pchilik ovoz bilan saylovda yutib chiqish tizimi. Mutlaq ko'pchilik ovoz bilan saylovda yutib chiqish tizimi qoidalariga binoan saylovda berilgan ovozlarning yarmidan ko'pini olgan nomzodgina saylangan hisoblanadi. Masalan, saylov mavzesida saylanish uchun 3 ta nomzod qo'yilgan deylik (A, B, V). Berilgan 100 ovoz quyidagicha taqsimlandi: A - 300, B - 1990, V 5010. Bunda 5010 ovoz olgan V mutlaq ko'pchilik ovozini olgan hisoblanib, saylanadi. Mutlaq ko'pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimning o'ziga xos kamchiligi va shu bilan birga afzalligi ham mavjud. Bu tizimning kamchiligidan birinchisi shundaki, yuqorida keltirgan misolimizda mutlaq ko'pchilik (5010) ovozini olgan V nomzod saylanadi, qolgan ikki nomzodga berilgan (4950, salkam 50 %) ovoz esa «yo'qolib» ketadi va natijada A va B nomzodlarga ovoz bergan saylovchilar o'z vakillarini parlamentga o'tkaza olmaydilar. Undan tashqari, majoritar tizimning bu turida belgilangan mandatlarga ega bo'lishda kichik partiyalarning imkoniyati hisob. Nihoyat bu saylovda mutlaq ko'pchilik ovozini olish imkoniyatining kamligi saylovni natijasiz tugashiga va qayta ovoz berish bilan bog'liq xarajatlarning ko'payib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Bazi davlatlarda bu muammoni hal qilish uchun ikkinchi bosqich o'tkazib, unda saylov natijalarini nisbatan ko'pchilik ovoz bilan aniqlash tartibi belgilangan. Masalan, Fransiyada 1962 yilda o'tkazilgan referendum asosida 1965 yilda bo'lib o'tgan Prezident saylovlaridan boshlab shunday tartib amal qilib keladi. Yuqoridagi kamchiliklarga qaramasdan, mutlaq ko'pchilik ovoziga asoslangan bu saylov tizimining afzalligi ham mavjud. Bu tizim parlamentdagi ko'pchilik qo'llaydigan barqaror hukumatni tashkil etish imkoniyatini beradi. Saylov natijalarini mutlaq ko'pchilik ovozi asosida aniqlash usullaridan biri, bu preferentsial ovoz berishdir. U asosan Avstraliya va uning atrofidagi barcha Okeaniya davlatlariga xos bo'lib, Irlandiya va Hindiston kabi davlatlarda ham uchraydi. Bu ovoz berish turining natijasi juda samarali bo'lib, ikkinchi bosqichni o'tkazishga hojat qoldirmaydi. Bunda saylovchilar ro'yxatdagi nomzodlar o'rnini o'z hohishlari bo'yicha o'zgartirishlariga ruxsat beriladi. Saylovchi ro'yxatdagi har bir nomzodning familiyasi oldiga tegishli 1, 2, 3 raqamlarini qo'yish bilan nomzodlarga bo'lgan munosabatini bildiradi, yani saylovchi birinchi navbatda saylamoqchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.69 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.69 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga