XVII-XX asrlardagi liberalizm siyosiy va huquqiy ta'limoti Reja: 1.Liberalizm siyosiy va huquqiy qarashlari. Siyosiy-huquqiy ta'limotlarda tabiiy huquq g'oyalarining tutgan o'rni. 2.Jon Lokk, Benedikt Spinoza, Tomas Gobbslar siyosiy-huquqiy qarashlarida liberalizm g'oyalari. 3. XVII-XIX asr liberalizmi taraqqiyoti. 4.Immanuel Kantning siyosiy-huquqiy qarashlari. 5. XX asr Liberalizmining xususiyatlari. Liberalizm siyosiy va huquqiy qarashlari. Siyosiy-huquqiy ta'limotlarda tabiiy huquq g'oyalarining tutgan o'rni. XVII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida g'arbiy Yevropada kapitalizm qaror topdi va rivojlandi. Sanoatda yuz bergan keskin o'zgarishlar manufaktura ishlab chiqarishning yirik mashina industriyasi bilan almashuv jarayonining tezlashtirdi. Bu jarayon eng oldin Angliyada, keyin Fransiya va boshqa Yevropamamlkatlarida yuz berdi. Yirik sanoat, savdo, aloqa vositalarini rivojlanishi, umumjahon bozorining vujudga kelishi va boshqalar kapitalizmning jahon ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga aylanishini ta'minladi. Mana shu o'zgarishlarga mos holda siyosiy-huquqiy tizim vujudga kela boshladi. XIX-asrning birinchi yarmida inson huquqi va erkinliklarining mustahkamlanishiga mos konstitutsiyalar qabul qilindi. Xususiy va davlat huquqi tizimi tashkil topdi. Siyosiy partiyalarning harakati faollashdi. Konstitutsionalizm va siyosiy vakolatchilik institutlari vujudga kela boshladi. Konstitutsion monarxiya va Respublika shaklidagi zamonaviy vakolatli davlatlar paydo bo'la boshladi. Siyosiy hayotda erkinlik va taraqqiyotga, qonunchilikka intilish ko'chaydi. G'arbiy Yevropada o'rnatilgan kapitalistik tuzum o'zining mafkurasini liberalizmda ifoda kildi. Liberalizmning asosiy g'oyalari: har bir shaxs qadr- qimmat va erk egasi va o'z harakatlari uchun mas'uldir; shaxs erkinligining zaruriy sharti xususiy mulkdir; erkin bozor, erkin raqobat va erkin tadbirkorlik, teng imkoniyatlar; siyosiy sohada-hokimiyatlar bo'linishi, qonun ustivorligi, huquqiy davlat g'oyasi, shaxsning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlash; umumiy saylov huquqi va boshqalar. Liberalizm turli ijtimoiy-tarixiy va milliy-madaniy sharoitlarda shakllandi va rivojlandi. Unda turli xil bir-biridan farq qiladigan qirralar, bosqichlar va qarama-qarshiliklar borligini ko'rish mumkin. Turli davrlarda u har xil shakllarda namoyon bo'ldi. Bu xolni hisobga olsak turli xil liberalizm borligi haqida tasavvur paydo bo'lishi mumkin. Lekin liberalizmning xillari ko'p bo'lishidan qat'iy nazar uning ildizlari, asosiy g'oya, tamoyil va ideallari umumiydir. Mana shu umumiylik liberalizmning ijtimoiy- siyosiy fikrning maxsus turi sifatida namoyon qiladi. Liberalizmning ildizlari uyg'onish davrlari bilan bog'liq. Uning boshlanishida J. Lokk, Sh.L.Monteskye, I. Kant, T. Djefferson va boshqalar to'rgan edilar. Liberalizmning shakllanishiga ma'rifatparvarlik harakatining namoyondalari, nemis klassik falsafasi vakillari ham muhim hissa qo'shdilar. Yuqorida ko'rganimizdek, ular o'z qarashlari bilan bir biridan farq qilsalarda, ularning barchasi o'z davrining muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarini hal qilishda eskirib qolgan qadriyat va yondashuvlarni, o'z samaradorligini yo'qotgan ijtimoiy-siyosiy va davlat institutlarini yangidan qurish zarurligini anglaganlar. Mana shunday yondashuv asosida klassik liberalizm merosiy hokimiyat shakllarini, tabaqaviy imtiyozlarni inkor qiladi. Uning vakilalari yakka individning erki va tabiiy qobiliyatlarini birinchi o'ringa qo'ydilar. Har ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.44 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.44 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc