Yangi davr buyuk Britaniya davlati va huquqi Reja: Yangi davr Angliya davlat hokimiyatining oliy markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tizimi Angliya huquqi manbalari Yangi davr Angliya davlat hokimiyatining oliy markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tizimi O'rta asrlar G'arbiy Yevropadavlatchiligi o'z taraqqiyotida ilk feodal monarxiyasidan mutlaq monarxiya kabi bosqichlarni bosib o'tgan. XVI asrga kelib antifeodal inqiloblarning kuchayishi bilan davlat va huquq tizimining yangi demokratik tamoyillarini asoslovchi siyosiy-huquqiy ta'limotlar rivojlangan. Mutlaq monarxiya tuzumiga qarshi inqiloblar natijasida, insoniyat antik va uyg'onish davrlari oralig'idagi V-XVII asrlarni o'z ichiga oluvchi o'rta asrlardan chiqib, yangi davrga qadam qo'ydi. XVII asrdagi ingliz burjua inqilobi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, asosiy bosqichlarga ajratiladi. Angliyada burjua davlati va huquqi XVII asrda «Buyuk isyon» va «Shonli revolutsiya» deb nom olgan ikkita ingliz inqilobi natijasida vujudga kelgan. Dastlabki ingliz burjua inqilobida ijtimoiy-siyosiy kuchlar feodal monarxiya, feodal dvoryanlar, o'rta asrlardagi hukmron cherkov va unga qarshi xalqdan iborat bo'ladi. Burjuaziyaning yangi dvoryanlar bilan ittifoq tuzishi inqilobning oxiriga yetmay qolishiga, uning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy yutuqlarining cheklanishiga olib kelgan. Xususan, siyosiy sohada burjuaziya hokimiyatni yangi yer aristokratiya bilan bo'lib olishiga to'g'ri keldi. Ingliz burjua inqilobi natijasida Angliyada burjua tuzumiga asoslangan konstitutsiyaviy monarxiya paydo bo'ladi. Davlat boshqaruvida vakillik organi bilan bir qatorda feodal muassasalar, jumladan kuchli qirol hokimiyati, lordlar palatasi, Yashirin kengash saqlanib qoladi. Keyinchalik, XVII va XIX asrlardagi agrar sanoat to'ntarishlari oqibatda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining hukmronlik mavqeini va sanoat burjuaziyasining siyosiy hokimiyatni amalga oshirishdagi rahbarligini ta'minlagan. Bu vaqt mobaynida Britaniyaning yarim feodal, aristokratik siyosiy tizimi asta-sekin burjua-demokratik tizimga aylanib borgan. Inqilob arafasida siyosiy-diniy konsepsiyalari (qarashlar tizimi) va ijtimoiy manfaatlari qarama-qarshi ikki sinf shakllanadi. Ulardan birinchisi, absolutizm tayanchi bo'lgan eski feodal dvoryanlar va ruhoniylardan iborat bo'lsa, ikkinchi oqim «puritan» deb atalib, yangi dvoryanlar va burjuaziyani birlashtirgan. Ularning har ikkalasi umuman olganda diniy ko'rinishda bo'lgan. Inqilob davomida puritanlar lageri ijtimoiy jihatdan va diniy e'tiqod nuqtai nazaridan uchta asosiy oqimga: presviterianlar, independentlar va lavellerlarga bo'linib ketgan. Presviterianlar oqimi kuchli konstitutsiyaviy monarxiya tarafdorlari bo'ladi. Ular hokimiyatni egallab, 1640-1648 -yillarda o'z qo'lida ushlab turadi. Independentlar oqimi demokratik tamoyillarni ilgari surgan konstitutsiyaviy monarxiya tarafdorlari bo'ladi. Bu oqim o'z tarkibi bo'yicha juda zich va xilma-xil bo'lgan. Uning asosiy rahnamosi, siyosiy yo'lboshchisi O. Kromvel bo'lgan. Independentlar davri inqilobning radikal bosqichi (1649-1660-y.) hisoblanadi. Bu davrda dastlab monarxiya tugatilgan va Respublika o'rnatilgan (1649-1653-y.). So'ngra u harbiy diktaturaga o'sib chiqqan (1653-1659-y.) va o'z navbatida monarxiyaning qayta tiklanishiga olib kelgan. Lavellerlar inqilob davrida independentlardan ajralib chiqqan oqimdir. Ularning g'oyalari kelajakda feodal tuzum bilan g'oyaviysiyosiy kurash ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.55 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.55 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc