Yangi davr Fransiya davlati va huquqi

Yangi davr Fransiya davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Yangi davr Fransiya davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Yangi davr Fransiya davlati va huquqi Reja: Yangi davr Fransiya davlat tuzumi Yangi davr Fransiya huquqiy tizimining xususiyatlari Yangi davr Fransiya davlat tuzumi XVII-XIX asrlardagi buyuk o'zgarishlar Fransiya davlat tuzumini butunlay o'zgartirib yubordi. XVII asrning oxiriga kelib fransuz qiroli bo'shab qolgan davlat xazinasini to'ldirish uchun 175 yildan buyon chaqirilmagan General shtatlarga murojaat qildi. General shtatlar o'z majlisini 1789-yilning 5-mayida boshladi. Ma'lumki, general shtatlar turli xil tabaqa vakillaridan iborat edi. 17-iyun kuni uchinchi tabaqa vakillari General shtatlarni Milliy majlisga aylantirdilar. Ularga birinchi va ikkinchi tabaqaning ko'pchilik deputatlari qo'shilgan. Agar General shtatlar delegatlari o'z okrugi bo'yicha so'zga chiqadigan bo'lsa, Milliy majlis deputatlari xalqning vakili bo'lib hisoblanar edi. Qirolning buyruqlarini tan olmay, uning roziligisiz Milliy majlis 1789-yilning 9-iyo'lida o'zlarini Ta'sis majlisi deb e'lon qildi. Shunday qilib, Ta'sis majlisi yangi davlat organlari tuzish, yangi siyosiy va davlat-huquqiy institutlarni yaratish uchun Konstitutsiyani ishlab chiqib, uni tasdiqlashni o'z zimmasiga oldi. Ta'sis majlisi 5-avgustda dekret chiqarib, dehqonlarni cherkovga va pomehiklarga qaramligini bekor qildi. 1789-yil 26-avgustda Ta'sis majlisi birinchi konstitutsiyaviy akt bo'lgan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari Deklaratsiyasini qabul qildi. Deklaratsiya kishilarning qonun oldida tengligini, millat suvereniteti, xalqning qonunlar ishlab chiqishda ishtirokini, mansabdor shaxslarning xalq oldida hisob berishi va ularning mas'ulligini, hokimiyatning taqsimlanish prnsipi, xalqning ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda soliqlarning olinishini tantanali ravishda e'lon qildi. Deklaratsiyada shaxs huquqlarining kafolatlari va qonuniylik prinsipi o'z tasdig'ini topdi. Xususiy mulkning muqaddasligi va daxlsizligi mustahkamlab qo'yildi. Saylov qonuniga ko'ra, fuqarolar mulk senzi asosida faol va passiv guruhlarga bo'linadi. Fransiyada 1790-yilga kelib bir qancha muhim dekretlar qabul qilinadi. Unga ko'ra cherkov mulki musodara qilinib, ular milliy mulkka aylantiriladi. Cherkovlarning nikoh, tug'ilish va o'limni qayd qilish huquqi ham bekor qilinadi. Shunday qilib, cherkov davlat nazorati ostiga olindi. Fransiyada yangi ma'muriy-hududiy birlik joriy qilindi. Konstitutsiyaga ko'ra, Fransiya 83 ta departamentdan iborat bo'lib, ularga o'z navbatida distriktlar, kantonlar va komunnalar kirar edi. Davlatda yagona soliq tizimi joriy etildi. O'tkazilgan islohotlar absolutizmga qattiq zarba berib, fransuz millatining birligini mustahkamladi. 1791-yilning 13-sentabrida Konstitutsiya qabul qilinib, uning preambulasiga inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari Deklaratsiyasi asos qilib olindi. Konstitutsiyaning ikkinchi qismi hokimiyatning oliy organlari va ularning tuzilishiga bag'ishlandi. Konstitutsiyada qirol o'zining muhim huquqlarini saqlab qolshi mustahkamlab qo'yildi. Shuning uchun boshqaruv shakliga ko'ra fransuz davlati konstitutsiyaviy monarxiya shakliga ega bo'ldi. Oliy qonun chiqaruvchi organ bo'lib, bir palatali qonun chiqaruvchi korpus hisoblandi. Ijro hokimiyati qirol va uning vazirlari qo'lida qoldi. Qirol armiya va flot qo'mondoni bo'lib hisoblanardi. Shu bilan birga, jamoat tartibotiga ham mas'ul edi. Sud hokimiyati mustaqil bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.94 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.94 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga