Yangi davr Germaniya davlati va huquqi

Yangi davr Germaniya davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Yangi davr Germaniya davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Yangi davr Germaniya davlati va huquqi Reja: Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniyada siyosiy tuzumning o'zgarishi Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari Yangi davr Germaniya davlati va huquqi rivojlanishida bir qancha bosqichlarni bosib o'tgan. Germaniya davlatchilik va huquqiy taraqqiyoti XIX asrda davom etgan. Napoleon bosqini va «German millati muqaddas Rim imperiyasi»ning qulashi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» faqat rasman yagona davlat bo'lib, XVII asrda uning tarkibiga suveren davlatlar hisoblangan imperatorning 7 ta kurfyuristligidan tashqari 300 ga yaqin katta-kichik davlatlar kirgan. Bu davlatlar rasman imperatorga qaram bo'lib, amalda knazlar, yepiskoplar, shaharlar kengashlari va boshqa ko'p sonli feodal egaliklar tomonidan idora etilardi. Ularning ko'pchiligi yeri va aholisi juda kam bo'lgan davlatlar edi. German knazliklari orasida Saksoniya, Bavariya, Vyurtemburg va hududi kengligi jihatidan Avstriya, imperiya siyosiy hayotiga ko'proq ta'sir o'tkazishi bilan Prussiya (poytaxti Berlin) ajralib turgan. Bu yerlarda asosan slavyanlar - polyaklar, xorvatlar, slovenlar, chexlar, vengerlar yashardilar. Prussiya XVII asrning ikkinchi yarmida qudratli monarxiya davlatiga aylanib ulguradi. Bunda prus qiroli Fridrix II (1740-1786- y.)ning «ma'rifatli absolutizm» siyosati muhim rol o'ynaydi. U boshqaruv sohasida moliya, sud, bojxona, iqtisodiyot va agrar sohalarda islohotlar o'tkazadi. Prussiya barcha german davlatlari orasida birinchi bo'lib 1781- yilda umumiy boshlang'ich ta'limni joriy qilgan. Mamlakat huquqini birxillashtirgan. 1781-yilda birinchi Fuqarolik protsessual kodeksi, 1793-yilda Sud ustavi, 1794-yilda esa Umumdavlat qonunnomasi (Prussiya landrexti) amalga kiritilgan. Bu islohotlar natijasida mamlakatda burjua munosabatlari rivojlanishi yuz beradi. Kapitalistik tadbirkorlik rivojlanishi rag'batlantiriladi. Kattaligi bo'yicha Yevropada 4 o'rinda turadigan yirik qurolli kuchlar tashkil etilib, unga yillik byudjetning 85 % sarflangan. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» Napoleonning bosqinchilik urushi davomida siyosiy-iqtisodiy qoloqligi va tarqoqligi sababli osonlik bilan tugatiladi. Natijada fransiya manfaatlariga muvofiq egallangan hududlarda qayta ma'muriy-hududiy taqsimot amalga oshirilib, yirik davlatlar, Berg gersogligi va Vestfaliya qirolligi tashkil qilinadi. German davlatlarining Reyn ittifoqi 1806-yilda tashkil topib, tarkibiga dastlab 16 ta, keyin 21 ta german davlati kirgan. U rasman davlat suverenitetidan mahrum etilmagan monarxiyalar ittifoqi sifatida vujudga keladi. Lekin, Napoleon bilan syuzerenitet-vassalitet munosabati amal qiladi. Ittifoq a'zolari «Muqaddas Rim imperiyasi» tarkibidan chiqqanliklarini e'lon qiladi. Bu davlatlarda yer, moliya, ma'muriy sud islohotlari amalga oshiriladi. Ba'zi joylarda Napoleonning 1804-yilgi «Fuqarolik kodeksi» joriy qilinadi. Nemis qishloqlarida krepostnoy qaramlik bekor qilinib, dehqonlarni mulkdorlarga aylantirishga qaratilgan birinchi qadam tashlangan. Reyn ittifoqi tarkibiga Prussiya kirmagan edi. 1807-yilda Prussiya Fransiya bilan bo'lgan urushda mag'lubiyatga uchraganidan so'ng dvoryanlar burjua xarakterida islohotlar o'tkazishga qaror qiladilar. Amalda feodal tuzumni chegaralovchi, kapitalizm taraqqiyotiga yo'l ochib beruvchi muhim farmonlar qabul qilinadi. Natijada qisman dvoryanlarga ham tatbiq etiladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.67 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.67 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga