Yangi davrda huquqni tushunishning falsafiy negizlari

Yangi davrda huquqni tushunishning falsafiy negizlari

O'quvchilarga / Huquq
Yangi davrda huquqni tushunishning falsafiy negizlari - rasmi

Material tavsifi

Yangi davrda huquqni tushunishning falsafiy negizlari Reja: 1 XVII-XVII asr yangi davr Yevropasida ijtimoiy va huquqiy qarashlardagi o'zgarishlar. 2. Angliya va Germaniyada huquqiy hodisalarni falsafiy tahlil etish. 3. Italiya va Fransiya ma'rifatparvarlarning huquqiy qarashlari. 4. 19-asrda pozitivistik qarashlarning huquqiy falsafiy tahlili. Yangn davrda huquqni tushunishning falsafiy negizlari. Grotsiy Gugo Grotsiy (1583-1645 ykllar) - Yangi davr «yuridik dunyoqarashi»ning ilk ijodkorlaridan biri. U xalqaro huquqning zamonaviy ta'limoti qaror topishida, huquq va davlatning' yangi ratsional falsafasi asoslari shakllantirilishida juda ulkan hissa qo'shgan. Grotsiyning butun yondashuvi asosida huquqning zarur belgisi sifatida adolat g'oyasi yotadi. «Negaki, - deb qayd etgan u, - huquq bu o'rinda adolatdan boshqa narsani anglatmaydi, boz ustiga tasdiqlovchi manoda emas, balki asosan inkor etuvchi manoda anglatadi, chunki adolatga zid bo'lmagan narsa huquqdir. Adolatga esa aqlga ega bo'lgan mavjudotlarning ta-biatiga zid bo'lgan narsa qarshi turadi»1. Grotsiy ham, Aristotel izidan borib, huquqni tabiiy va xohish-ixtiyor bilan o'rnatilgan huquqqa ajratgan. «Huquqni qabul qilingan qiymatada eng yaxshi taqsimlash, - deb qayd etgan u, - Aristotel tomonidan taqtsim etilgan. Aristotel-ga muvofiq, bir tomondan, tabiiy huquq, ikkinchi tomon-dan esa, - xoxish-ixtiyor bilan o'rnatilgan huquq mavjud. Ari-stotel buni «qonun» so'zidan torroq manoda ishlatgan holda qonuniy huquq deb atagan. Bazan esa u buni, o'rnatilgan huquq deb ham ataydi. Mana shunday farqlash yahudiylarda ham uchragan. Ular tabiiy huquqni «mitsvot», o'rnatilgan huquqni esa «kukkim» deb atab, aniq ifodani berishgan, birinchi so'zni ellinchi yahudiylar yunoncha «adolat», ik-kinchi so'zni esa «yunoncha «buyurish»2 so'zlari bilan ifoda- laganlar. Tabiy huquq yahudiylar tomonidan «sog'lom aql ko'rsatmasi»3 sifatida ta'riflangan. Davlat ichki huquqi Grotsiy tomonidan fuqarolik hoki-miyatidan kelib chiquvchi huquq sifatida tavsiflangan. Bu -pozitiv huquq (fuqarolik qonunlari) dir. Davlat «huquqqa va umumiy foydaga rioya qilish uchun tuzilgan erkin odam-larning mukammal iggifoqi»1 sifatida ta'riflangan. De-mak, gap davlatnng shartnomaviy kontseptsnyasi to'g'risida bor-moqda. «Davlat ichki huquqining onasi esa, - deb yozgan u, -o'zaro kelishuvga ko'ra qabul qilingan majburiyatning o'zi hisoblanadi, o'zaro kelishuv tabiiy huquqdan kuch olar ekan, tabiat davlat ichki huquqining asoschisi sifatida nom qozonishi mumkin»2. Shartnomalarga (shu jumladan davlatni o'rna-tish to'g'risidagi shartnomalarga va, binobarin, davlat qonunlariga ham) rioya qilish prinsipini tabiiy huquq taqozo etadi, negaki, deb qayd etgan Grotsiy, odamlar o'rta-sida o'zaro majburiyatlarning qandaydir tartibi bo'lishi zarur. Grotsiyda tabiiy huquq nlmiy tizim ko'rinishida davlat ichki huquqi uchun zarur asos sifatida namoyon bo'lgan, Dav-lat ichki huquqi vaqg etibori bilan o'zgaruvchan va har xil joylarda (hamjamiyatdarda) har xildir. Grotsiyning fikricha, «yurisprudensiyaning tabiiy, o'zgarmaydigan qismini»3 tashkil etadigan tabiiy huquq to'g'risidagi ta'limot tufayligina yurisprudensiyaga ilmiy, nazariy fan shakli va xususiyatini bahsh etish mumkin. Grotsiy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.83 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.83 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga