Yangi milliy davlat tizimining tuzilishi Ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi O'zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyat qurishdan iboratdir. Demokratik jamiyat ko'rish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo'q. I.Karimov dunyoda bir-biriga o'xshagan ikkita inson bo'lmaganidek, bir - biriga aynan o'xshagan ikki davlat ham yo'q, deganida haqlidir . To'g'ri, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o'z xohishirodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikni ko'pchilikka bo'ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab qo'yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O'zbekiston demokratik jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, u xalqimizning necha ming yillik milliy davlatchiligimiz negizlarini, ma'naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy an'analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo'lidan bormoqda. O'zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g'oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o'z qobiliyat va ehtiyojlarini to'la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta etibor berildi Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo'lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi o'ziga bog'liq bo'lib qoladi. Insonning jamiyatdagi o'rni uning solohiyatiga, mehnat qilish istagi, oqilu daburonligiga bog'liq bo'ladi. Mahalla. O'zbekiston Respublikasi 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilgan Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risidagi qonuniga binoan, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig'inlari o'tkaziladigan bo'ldi. Fuqarolarning yig'inlari o'zini-o'zi boshqarish organi bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi Saylov tizimi. O'zbekiston demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etildi. 1991-yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida, 1993 yil 28-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida va 1994 yil may oyida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risida hamda Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to'g'risida qonunlar qabul qilindi. Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to'lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega. Kamolot yoshlar ijtimoiy Harakati. 2001 yil 25 aprel kuni Toshkentda bo'lgan yoshlar qurultoyida o'zini-o'zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot - O'zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, sog'lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o'rnini egallashga ko'maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit - qizlarning o'z aql zakovati, kuch - g'ayratini to'la namoyon etishi uchun zarur shart - sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo'lishdan iboratdir. Jamoat tashkilotlari. O'zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko'rsatmoqda. Jumladan, O'zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo'lgan xodimlarni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
726.71 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
726.71 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: ppt