Yaponiya davlati va huquqi

Yaponiya davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Yaponiya davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Yaponiya davlati va huquqi Reja: Yaponiya davlatining tashkil topishi, shart-sharoitlari, xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari. Yaponiya jamiyatining tabaqaviy tuzilishi. Yaponiyaning davlat tuzumi va uning o'ziga xosligi. O'rta asrlarda Yaponiya huquqining asosiy belgilari. 1. Yaponiya davlatining tashkil topishi, shart-sharoitlari, xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari Ko'pgina tarixiy-huquqiy manbalarda Yaponiya hududida urug'-doshlik tuzumining yemirilishi va ilk davlatning tashkil topishi jarayoni VII asrda nihoyasiga yetganligi ko'rsatiladi. Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilish jarayoni II asrda boshlangan. Urug'lar ichidan urug' aristokratiyasi ajralib chiqqan, mulkiy va ijtimoiy tengsizlik chuqurlashib borgan, urug'ning imtiyozli zodagon-lari tomonidan o'z hamyurtlarini va urushlarda bosib olingan qabilalar aholisini ekspluatatsiya qilishning turli shakllari rivojlangan. Urug' zoda-gonlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mavqelarini mustahkamlashga yordam beruvchi ekspluatatsiyaning qulchilik shakllari keng tarqalmagan. Yaponiyaning jug'rofiy shart-sharoitlari, orolda joylashganligi, tog'li joy-daligi uning rivojlanishini siqib qo'ygan. Bu yerda primitiv (oddiy, qoloq) mehnat qurollari bilan yirik latifundiyalarni tashkil etish, shuningdek, har-biy yurishlar hisobiga yetarli miqdordagi qullarni qo'lga kiritish mumkin bo'lmagan. Zero, sug'oriladigan sholichilikning mavjudligi kichkinagina yer uchastkalarida dehqonning zo'r berib mehnat qilishini talab qilardi. Yaponiya davlati va jamiyatiga o'sha vaqtlarda juda taraqqiy etgan Xitoy sivilizatsiyasining ta'siri ancha katta bo'ldi. Xitoy o'zining an'ana-viy ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi va davlat tizimi, shuningdek, buddizm va konfutsiylik dinlari bilan Yaponiya davlati va jamiyati rivojiga ayniqsa ilk bosqichlarda kuchli ta'sir o'tkazgan. Xitoyning Yaponiyaga kuchli diniy ta'siri haqida gapirganda shuni nazarda tutish kerakki, bunda Xitoyning ikki: konfutsiylik va buddizm dinlaridan birinchisining ta'siri ko'proq bo'lgan. IV asrdan Yaponiyada qabilalarning ittifoqi tashkil topdi. V asrda esa qabilalar ittifoqining yo'lboshchisi Yamato mamlakat hududining katta qismini o'z hukmronligi ostida birlashtirdi. VI asrda Yaponiyada jamiyat-ning ijtimoiy tabaqalashuvi jarayonlarining kuchayishi va davlat apparati-ning shakllanishiga alohida urug'larning qabilaviy ittifoq ustunligi uchun uzundan-uzoq olib borgan kurashi va Syotokutaysining g'alabasi katta ta'sir ko'rsatdi. Syotokutaysi hukmronligi davrida, 604 yilda Yaponiyada birinchi qonun hujjati - Yamato podsholarining birinchi deklaratsiyasi - Syotoku Konstitutsiyasi, ya'ni 17 ta moddadan iborat Qonun paydo bo'ldi. Unda davlat boshqaruvining prinsiplari belgilangan edi. 17 ta moddadan iborat Qonun siyosiy-huquqiy qoidalardan ko'ra ko'proq diniy va etik qoidalarni o'zida mujassamlashtirgan. U kelishuv, uyg'unlik, umumga xizmat qilish haqida so'z yuritadi. Qonunning butun yaponlarga emas, umumga xizmat qilishi alohida ta'kidlangan edi. Unda aholining tengsizligi to'g'ridan-to'g'ri mustahkamlab qo'yilgan edi. Bunda avvalo hukmdor alohida ajratib ko'rsatiladi, so'ngra mansabdorlarga va undan keyin oddiy xalqqa e'tibor beriladi. Hukmdor - yagona suveren hisoblangan. Mansabdorlar esa - uning amaldorlari, xalq ularga bo'ysuna-digan kishilar ommasi sifatida maydonga chiqqan. «Umumiy qonun» jamiyat tartiblarining asosi (4-5-moddalar), pod-shoh esa uning ifodachisi deb e'lon qilingan. Podshoh o'z amaldorlaridan «umumiy qonun»ga so'zsiz bo'ysunishni talab qilish huquqiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.27 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.27 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga