Yaponiyaning huquqiy tizimi

Yaponiyaning huquqiy tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Yaponiyaning huquqiy tizimi - rasmi

Material tavsifi

Yaponiyaning huquqiy tizimi KIRISh Yaponiya haqida umumiy ma'lumot Yaponiyaning ma'muriy-hududiy tuzulishi ASOSIY QISM Yapon huquq tizimining shakllanish tarixi Konstitutsiyalar: 1889 yildagi birinchi Konstitutsiyasi 1947 yildagi ikkinchi Konstitutsiyasi Imperator Davlat organlari: 2.4.1 Parlament 2.4.2 Vazirlar Mahkamasi 2.4.3 Sud 2.4.4 Prokuratura Huquqshunoslarni tayyorlash Huquq tizimi Yapon jamiyatining o'ziga xos xususiyati 2.8 Lug'at 2.9 Adabiyotlar ro'yxati Yaponiya haqida umumiy ma'lumot Yaponiya Osiyoning shimolida joylashgan orol - davlat bo'lib, hududi 38 ming km2 ( dunyoda 60-o'rin ) bo'lib, uning 73% tog'li hududlarga to'g'ri keladi. Yaponiya hududining 23 qismi o'rmon bilan qoplangan bo'lib, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar davlat hududining 13% ini, aholi punkt yerlari esa 5% inigina tashkil etadi. Aholisi 130 mln. kishidan iborat bo'lib, dunyoda aholining ko'pligi bo'yicha 10-o'rin, aholining zichligi bo'yicha esa 30-o'rinda turadi. Yaponiya bo'ylab aholi zichligi 1km2 ga 336 kishini tashkil etsa, Tokioning 23 ta kusida esa bu ko'rsatgich 13500 kishiga teng. Yaponiyada erkin iqtisodiy zonalar 450 ming km2 dan iborat bo'lib davlat hududidan deyarli 12 marta katta. Bu ko'rsatgich bo'yicha Yanoniya jahonda 5-o'rinni egallab turibdi. Yaponiyaning hududi jami bo'lib 6852 ta orollardan tashkil topgan bo'lsada, Yaponiyaning hududining asosiy qismi to'rtta: Xokkaydo, Xonshyu, Shikoku, Kyushyu orollaridan ( shimoldan janubga qarab joylashgan ketma - ketligdagi tartibi ) tashkil topgan. Yaponiyaning eng katta shahri Tokio bo'lib, uning markazidagi alohida 23 ta ku ( ma'muriy - hududiy birlik nomi ) dagi aholi soni 8 mln. 100 ming kishini, Tokio atrofidagi hududlarni qo'shib hisoblaganda 33 mln. kishini ( dunyodagi eng baland ko'rsatgich ) tashkil etadi. Yaponiyada yashovchi chet el fuqarolari umumiy aholining 1.5% ini tashkil etadi. Ularning asosiy qismini Shimoliy va Janubiy koreyaliklar, xitoyliklar, tayvanliklar, braziliyaliklar va filippinliklar tashkil etadi. Yaponiyaning ma'muriy-hududiy tuzulishi Yaponiya 47 ta TO, DOU, FU, KYeN deb nomlanuvchi ma'muriy - hududiy birliklardan tashkil tapgan. Prefekturalarning bunday nomlanishi tarixdan saqlanib qolingan an'ana bo'lib, ular o'rtasidagi vakolatlarda esa farq umuman yo'q. To faqat poytaxt - Tokioga nisbatan ishlatilib Tokioto deyiladi. Dou ham bitta bo'lib, Yaponiyaning shimolidagi orol - Xokkaydoga nisbatan, fu esa, Yaponiyaning qadimgi poytaxti - Kyoto hamda Osakalarga nisbatangina ishlatiladi. Qolgan 43 ta ma'muriy - hududiy birlik ken deb nomlanadi. Har bir todoufukenda parlament tashkil etilgan bo'lib qonun doirasida normativ huquqiy aktlar chiqaradi. Todoufukenning boshliqlari - tochiji, douchiji, fuchiji, kenchiji lar hamda todoufuken parlamenti a'zolari o'sha prefektura aholisi tomonidan to'g'ridan - to'g'ri ovoz berish yo'li bilin saylanadi. Todoufuken o'z navbatida ShI (ularning soni 779 ta), ChOU (ularning soni 844 ta), SON (ularning soni 197 ta) deb nomlanuvchi mayda ma'muriy - hududiy birliklarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.41 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.41 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga