Yer huquqi predmeti va tizimi

Yer huquqi predmeti va tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Yer huquqi predmeti va tizimi - rasmi

Material tavsifi

Yer huquqi predmeti va tizimi Reja: 1. Yer huquqi tushunchasi va predmeti. 2. Yer huquqi tizimi 3. Yer huquqi prinsiplari 4. Yer huquqining huquq tizimida tutgan o'rni va boshqa qondosh huquq tarmoqlari bilan nisbati. Har bir davlatda yer boyligi va unga bo¦liq munosabatlar barcha ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy voqeliklarning markazida turuvchi masaladir. Yangidan barpo etilayotgan jamiyat o'zining iqtisodiy rivojini dastlab yerga nisbatan munosabatni o'rnatishdan boshlaydi. Shu boisdan tarixda inqilobiy tub o'zgarishlarda bosh masala hokimiyatni egallash bo'lsa,yerga mulkchilik masalasi uning uzviy qismi bo'lib hisoblangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 31 avgustda qabul qilgan Davlat mustaqilliga to'grisidagi Bayonotida: O'zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy davolari bo'lmay, u o'z hududi va uning tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqqa egadir, - deb, yoki shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'grisidagi 1991 yil 31 avgust Qonunida Respublika hududida yer, yer osti boyliklari, suv va o'rmonlar, o'simlik va hayvonot dunyosi tabiiy va boshqa resurslar, Respublikaning ma'naviy boyliklari O'zbekiston Respublikasining milliy boyligi va mulki hisoblanadi, -deb takidlanishi bejiz emas. Demakki, siyosiy hokimiyatga egalik qilgan ijtimoiy kuchlar yer va uning boyliklariga nisbatan o'z hokimiyatini o'rnata olmasalar, ular qo'lga kiritgan bu hokimiyat ildizsiz daraxt misolidir. Shu boisdan xam davlat yerni moddiy boyliklar asosi sifatida o'z milliy huquq ta'siriga qonunlashtirilgan hisoblanib, har bitta davlatning yer huquqi, deb etirof etiladi. Shunday ekan, O'zbekistonning yer huquqi borligiga hech shak-shubha yo'q. Yer va uning boyliklari milliy yurisdiksiya ta'siriga olinganligi yerga nisbatan huquqiy munosabatlar vujudga kelishini talab etadi. Yer atrofida vujudga kelgan va vujudga kelishi mumkin bo'lgan munosabatlarning aksariyat qismini yer huquqi tartibga soladi. Yer huquqining uchta tavsiflarda tushunchalari bor. Birinchisi, yer huquqi O'zbekiston huquq tizimining mustaqil huquq tarmo¦idir. Yer huquqida har bir huquq tarmo¦i uchun zarur bo'lgan belgilar mavjuddir, yani a) u o'z maxsus predmetiga ega: b) u o'z maxsus huquqiy tartibga solish uslubiga ega; v) davlat shu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni alohida tartibga solib turadi; g) u alohida guruhlangan huquqiy- normativ aktlar majmuasiga ega. Ikkinchisi, yer huquqi O'zbekiston huquq fanining bir sohasidir. Shu o'rinda unga fanga tegishli bo'lgan barcha xususiyatlar tegishli bo'ladi. Uchinchisi, yer huquqi maxsus o'quv kursidir. Uning o'quv kursi sifatidagi hajmi, mazmuni va maqsadlari har xil darajadagi o'quv muassasalari uchun har xil bo'lishi mumkin. Ushbu fandagi ilmiy-nazariy tushunchalar, qarashlar, muammolar va uni rivojlantirish masalalari bu fanning mohiyatini tashkil etadi. Mustaqil huquq tarmo¦i sifatidagi yer huquqi, huquq fanining bir sohasi bo'lgan yer huquqi va o'quv kursi yer huquqi hech qachon bir-biriga o'xshamaydi. Demak, O'zbekiston yer huquqi o'z tartibga solish predmetiga ega. Bunda huquq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.96 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.96 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga