Yer kadastrining huquqiy asoslari o'rganish

Yer kadastrining huquqiy asoslari o'rganish

O'quvchilarga / Huquq
Yer kadastrining huquqiy asoslari o'rganish - rasmi

Material tavsifi

5-Mavzu: Yer kadastrining huquqiy asoslari o'rganish Reja: Davlat yer kadastrini yuritish Yer kadastriga doir axborotlar Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 dekabrdagi 543-son qarori Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to'g'risida NIZOM Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar kafolatlanishini ta'minlash, yerlarni hisobga olish va baholash maqsadida O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, Davlat yer kadastri to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuritiladi. 2. Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo'jalik va huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o'rni va o'lchamlari, ularning yer еgalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o'rtasidagi taqsimoti to'g'risidagi ma'lumotlar va hujjatlar tizimidan iboratdir. 3. O'zbekiston Respublikasining yer fondi davlat yer kadastri ob'ekti hisoblanadi. 4. Yerning tabiiy xossalarini, huquqiy holatini va undan foydalanishni har tomonlama o'rganish va baholash davlat yer kadastrining mavzusi hisoblanadi. Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritishning asosiy tamoyillari hisoblanadi: respublikaning butun hududini qamrab olish; fazoviy koordinatlarning yagona tizimini qo'llash; yer kadastriga doir axborot ishlab chiqilishi uslubiyotining birligi va uzluksizligi; yer kadastri axborotining ishonchliligi va tejamliligi. Davlat yer kadastrini yuritishni maxsus vakolatga ega bo'lgan davlat idoralari tomonidan amalga oshiradi. Respublikada bunday ishlar O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi davlat iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligini yuritish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: -O'zbekiston Respublikasining butun hududida davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish; -yer resurslarining holati to'g'risidagi har yilgi milliy hisobotni tuzish; -viloyatlar, tumanlar hamda aholi punktlarining ma'muriy chegaralarini belgilash (aniqlashtirish) ishlarini tashkil etish va o'tkazish; -normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash; -mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish; -qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Davlat yer kadastrini yuritish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi : -aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar va tadqiqotlarni o'tkazish; -yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish va baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarini davlat ro'yxatiga olish, yerlar mavjudligi va ulardan foydalanish to'g'risidagi hisobotlarni tuzish . Davlat yer kadastrini yuritish vakolatiga ega bo'lgan organlar har yili yer resurslarining holati to'g'risida milliy hisobot tayyorlaydilar. Milliy hisobotda butun mamlakat va ma'muriy-hududiy birliklar bo'yicha yerlarning miqdor va sifat holati hamda ularning bahosi, yerlarning toifalarga bo'linishi, tarmoqqa yer uchastkalari, yer uchastkalarining egalari, yer uchastkasidan foydalanuvchilar, ijarachilar, yer mulkdorlari bo'yicha taqsimlanishi to'g'risidagi ma'lumotlar va yer kadastriga oid boshqa axborot aks ettiriladi. Davlat yer kadastrini yuritish mobaynida yer kadastri hujjatlari to'planadi. Bunday hujjatlarga yer uchastkalariga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tuman (shahar) yer kadastri daftari, yerlarning miqdor o'lchamlari va sifat holati, ularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 124.39 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 124.39 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga