Yer monitoringi

Yer monitoringi

O'quvchilarga / Huquq
Yer monitoringi - rasmi

Material tavsifi

Yer monitoringi Reja: Yer monitoringi tushunchasi va uning huquqiy ahamiyati. Yer monitoringining maqsadi, vazifalari va mazmuni. Yerlarni kompleks inventarlashtirish Tabiiy resurslardan, jumladan, yerdan oqilona foydalanishni huquqiy tartibga solish, avvalom bor, tegishli davlat organlari tomonidan yerga oid munosabatlarning huquqiy me'yorlarini ishlab chiqishni, qabul qilishni va uni muhofaza qilishning chora tadbirlarini yo'lga qo'yishni talab etadi. Davlatning ana shunday huquqiy boshqaruv tizimi kishilarning huquqiy xulq-atvorida yerlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish tartibini o'rnatadi va huquqbuzarlarga nisbatan yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish muqarrarligini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga muvofiq yer, boshqa tabiiy zaxiralar qatori, umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Umummilliy boylikni esa hech qaysi bir yer huquqi subyektlari - davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan xo'jasizliklarcha foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Chunki yer nafaqat hozirgi avlod, balki kelajak avlodlarimizning ham yashash makoni, ham ishlab chiqarish bazisidir. Shuning uchun uni muhofazalash mas'uliyatini davlat o'z zimmasiga olgandir. Yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish uchun davlat o'zining maxsus vakolatlangan organlari orqali qonun hujjatlarida aks ettirilgan huquqiy talablarni bajarilishini nazorat qilib borishi kerak bo'ladi. Ushbu davlat nazorati yagona tizimda turuvchi yer monitoringi - inspeksiyasi - ekspertizasini tadbiq qilishni taqazo etadi. Bu tizimda birlamchi bosqich bo'lib yer monitoringi turadi va u yer inspeksiyasi (nazorati)ni aniqlashtiradi hamda juda serxarajat tadbir - yer ekspertizasi samaradorligini ta'minlaydi. Xo'sh monitoring o'zi nima? Monitoring lotin tilida «Monitor» - kuzatish, nazoratlash, boshqarish degan ma'noni anglatib, u ma'lum bir obyektlarni (jumladan, tabiiy obyektlarni) holatini sistematik ravishda tekshirib borishdir. Bu termin tabiiy obyektlarga nisbatan rasman 1972 yil Birlashgan Millatlar tashkilotining tabiatni muhofaza qilish bo'yicha o'tkazilgan Stokgolm konferensiyasida ilk bor ishlatildi. Shuning uchun bo'lsa kerak XX asrning 70-80 - yillargacha chop etilgan adabiyotlarda (ayniqsa Yer huquqida) bu atama juda kam qo'llanilgan. Yer monitoringi O'zbekiston qonunchiligida birinchi bor 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Yer kodeksining 14-moddasida aks ettirildi. Unga binoan yer monitoringi - yer tarkibidagi o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarni tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat. Yer tarkibidagi o'zgarishlar, ya'ni yerlarning maqsadli foydalanishligi, tuproq unumdorligi, sho'rlanganligi,, eroziyaga uchraganligi, botqoqlanganligi, ifloslanganligi, ortiqcha namlanganligi yoki qurib qolganligi, o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi, tabiatni muhofaza etish talablarini bajarmaganligini kuzatib borishdir. Agar e'tibor bersangiz, yer monitoringi Yer kodeksining 90-moddasida, Jinoyat kodeksining 193, 197, 199-moddalarida, Ma'muriy javobgarlik to'¦risidagi kodeksning 65, 77, 82, 89, 91, 95, 104, 105, 106-moddalarida ko'rsatilgan huquqbuzarliklarni aniqlashda o'z xizmatini o'tashi kerak bo'ladi. Chunki yer tarkibidagi o'zgarishlar juda jadal sur'atlarda kechishi va maydon bo'yicha keng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.75 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.75 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga