Yer nizolarining sudlovligi

Yer nizolarining sudlovligi

O'quvchilarga / Huquq
Yer nizolarining sudlovligi - rasmi

Material tavsifi

Yer nizolarining sudlovligi Yuridik adabiyotlarda uzoq vaqtlar yer nizolarini tasniflashning yuridik omili sifatida ularni hal etishning tartibi qo'llanilib kelingan. Bu omilga ko'ra nizolar ma'muriy va sud tartibida hal bo'ladigan turlarga bo'lingan. Hozirda esa bu tartib dolzarb bo'lmay qoldi, chunki Yer kodeksi yer nizolarini hal etishning sud tartibini belgilagan. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi 3-sonli yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to'g'risidagi qarorida belgilanishicha, Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi fuqarolarni huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar va yerga oid huquqiy munosabatlar yuzasidan kelib chiqqan nizolar sudlarga taalluqlidir. Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan quyidagi nizolar: yer uchastskasini olib qo'yish to'g'risidagi qakolatli organlarning qarorini bekor qilish va u bilan bog'liq yetkazilgan zararni o'rnini qoplash; yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish va qayta sotib olish natijasida yetkazilgan zarar o'rnini qoplash; yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda yoki yer to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda foydalanganida yer uchastkasini olib qo'yish; servitutni belgilash yoki bekor qilish; yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bog'liq bo'lmagan huquq buzilishlarini bartaraf etish; birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasidan foydalanish tartibini belgilash va uni bo'lish; yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish; yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni tugatish; yer kodeksining 86, 87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o'rnini qoplash; yer uchastkalarining ijara shartnomasi bilan bog'liq va boshqa nizolar da'qo ish yuritish tartibida ko'riladi. O'zbekiston Respublikasi Xo'jalik protsessual kodeksining 23-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibda tadbirkor maqomiga ega bo'lgan fuqarolar o'rtasida kelib chiqqan xo'jalik sudlariga taalluqli nizolardan tashqari qolgan barcha ishlar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 31-moddasining 1-bandiga asosan umumyurisdiksiya sudlariga taalluqli bo'ladi. Nizolarning subyektlari ham yer nizolarini tasniflash belgisi bo'lishi mumkin. Ushbu belgi bo'yicha tasniflashning mohiyati shundaki, nizoning subyektiga bog'liq ravishda nizoning kimning qaramog'ida ekanligini farqlash amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan, tomonlaridan biri yoki har ikki tomoni fuqarolar bo'lgan nizolarni hamda yuridik shaxslar o'rtasida vujudga keladigan nizolarni farqlaymiz. Tomonlaridan biri yerga egalik qilish yoki yerdan foydalanish huquqini amalga oshirayotgan fuqaro bo'lgan yer nizolarining o'ziga xos belgisi shundaki, bunday hollarda nizo fuqaroviy-protsessual huquqining umumiy normalarini qo'llagan holda fuqarolik sudda ko'rib chiqiladi. Yuridik shaxslar o'rtasida vujudga keladigan nizolarning o'ziga xosligi shundaki, bunday nizolar faqatgina xo'jalik sudi muhokamasining protsessual normalarini qo'llagan holda xo'jalik sudida qo'rib chiqiladi. Ammo bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.57 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.57 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga