Yer osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilish Reja: 1. Yer osti boyliklari tushunchasi va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilish zarurati. 2. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalashning ekologik-huquqiy talablari. 3. Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish 4. Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi. Yer osti boyliklari nisbiy tushuncha bo'lib, me'yoriy hujjatlarda u nafaqat tuproq ostidagi, balki yer yuzasi va suv obyektlari tubida, ya'ni yer qa'rida joylashgan mineral moddalardir. Mineral - yer yuzida va qa'rida fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari jihatdan deyarli bir xil bo'lgan jins (modda)1. Shunday qilib, mineralning tuproq yoki tuproq hosil qiluvchi ona jinsdan farqi uning kimyoviy tarkibi (kimyoviy elementlar soni va uning o'zaro birikmasi) va fizik xususiyatlari (suv va temperatura rejimi, katta-kichikligi, sinishi, qattiqligi) bilan farq qiladi. Masalan, toshko'mir - 97% gacha ugleroddan va qolgani esa uchuvchi moddalardan tarkib topgan. Issiqlik berishi 7200-8750 kkal kg. Ohaktosh - karbonli birikma, fizik xususiyatlaridan biri suvda eruvchanligi va uning natijasida katta miqdorda energiya ajratib chiqaradigan jinsligi. Yer osti boyliklarining ekologik funksiyasi - ekologik tizimda turuvchi, yer ustining tabiiy fundamenti, tuproq va ularni hosil qiluvchi ona jinslarning tarkib topishidagi mineral asosi ekanligi. Mineralning kimyoviy, fizik va biologik yemirilishi natijasida ona jinslar hosil bo'ladi va tirik organizmlarning faoliyati natijasida ular tuproqqa aylanadi. Bunday tabiiy jarayon yer osti minerallarini ekologik tizimlarda ishtirok etishini ta'minlab beradi. Yer osti boyliklarining iqtisodiy funksiyasi - insonlarning kundalik hayotidagi (energetika, qurilish, sanoat va h.k. jabhalarida) moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi mineral xom ashyoligi. Yer osti boyliklarining madaniy - sog'lomlashtirish funksiyasi - yer qa'ri va minerallarning foydali xususiyatlarini insonlarning dam olishi va salomatligini tiklashda ishlatilishi. Yer osti boyliklarining o'ziga xos tomonlaridan biri ularni tugallanadigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirishidir. Agarda o'simlik va hayvonot dunyosining qayta tiklanish davri bir necha daqiqadan bir necha o'n yillarni, tuproq - yuzlab yillarni, suv - 10 yildan 500 yilni o'z ichiga olsa, minerallarning tiklanish davri yuz minglab yoki millionlab yillarni talab etadi. Insoniyat tarixida bu jarayon juda uzoq muddatli davr bo'lgani uchun ham biz ularni tiklanish imkoniyati yo'q yoki tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirgizamiz. Bizga ma'lumki, ayrim minerallar (qum, tosh, toshko'mir va h.k.) yer usti va suv ostida ham uchraydi. Lekin ularning aksariyati (90% dan ortig'i) yer qa'rida uchragani uchun ham biz shartli ravishda ularni - «yer osti boyliklari» deb ataymiz. Ular nafaqat tabiiy resurs sifatida, balki tabiiy boylik (obyekt) sifatida ham qaralib, ularni muhofaza qilish esa ekologik tizimlarning harakatini saqlab qolish demakdir. O'zbekistonda yer osti boyliklaridan 100 ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.82 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.82 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: doc