Yer tuzishni huquqiy tartibga solish

Yer tuzishni huquqiy tartibga solish

O'quvchilarga / Huquq
Yer tuzishni huquqiy tartibga solish - rasmi

Material tavsifi

Yer tuzishni huquqiy tartibga solish Reja: 1. Yer tuzishning mohiyati va tushunchasi. 2. Istiqbolga mo'ljallangan va loyihalash oldidan yer tuzish. 3. Xo'jaliklararo yer tuzish. 4. Ichki xo'jalik yer tuzish. Yer tuzishning ma'nosi Yer Kodeksining 12- moddasida o'z aksini topgan. Unga ko'ra, yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xo'jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini o'z ichiga oladi. Yer Kodeksining ushbu moddasi mazmunidan ko'rinib turibdiki, yer tuzishning asosiy vazifasi xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida yerlardan samarali foydalanishni tashkil etishdir. Uning yordamida yerlardan foydalanishning qulay sharoitlari tashkil etildi, hududiy, tarmoq, individual (ichki xo'jalik) xususiyatlari hisobga olinadi. Yer tuzishning negizida yer to'¦risidagi qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya qilish, yerdan foydalanish va egalik qilishning tabiiy qishloq xo'jalik mintaqalariga bo'linishini hisobga olish va barcha shakldagi yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar, yer ijarachilari, yer mulkdorlari maqomining hamda yer uchastkalari sifati va joylashgan joyi bo'yicha har xil bo'lgan yerlarda xo'jalik yuritishning bir xil va teng sharoitlarini ta'minlash masalalari yotadi. Yer uchastkalarining miqdori (o'lchami), sifati, qiymat bahosi va joylashgan joyi bo'yicha yer soli¦ining belgilanishi, ijara haqi to'lash, qishloq xo'jalik kooperativlarining pay jam¦armasini belgilash, shuningdek yer ajratib berishdan xo'jalik yurituvchi subyektlarning ko'rgan zarari va nobudgarchiligi o'rnini qoplash bo'yicha ma'lumotlarni yi¦ish ham yer tuzishning asosiy masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Yer tuzish ishlarining amalga oshirilishi qishloq xo'jaligida xo'jalik yuritishning zamonaviy shakllarini tadbiq etish, mehnatning samarali uslublarini belgilash, almashlab ekish va melioratsiyani qo'llash uchun ma'lumotli asos bo'ladi. Yer tuzish ishlari O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq yer tuzish xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yer tuzish xizmati organlarining faoliyatini umumlashtiradigan bo'lsak, ular umumdavlat, tarmoq, idoraviy, xo'jaliklararo hamda ichki xo'jalik kabi yer tuzish ishlarini amalga oshiradi. Umumdavlat yer tuzish ishlari amalga oshirilganda yer hududlarining asosiy maqsadiy foydalanish ko'rsatkichlari aniqlanadi; yer zahiralaridan samarali foydalanish va muhofaza qilishning katta hududiy, majmua rejalari ishlab chiqiladi; viloyatlar, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi joylarida yerdan foydalanishning bosh alohida-alohida samarali usullari ishlab chiqiladi yoki rejalashtiriladi va istiqbollari belgilanadi; yerlarni yaxshilash (melioratsiya qilish), qayta tiklash (rekultivatsiya qilish), suv va shamol yemirishiga qarshi kurash maqsadli dasturlari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari umumdavlat miqiyosida yer tuzish olib borilganda tarmoqlararo yerlarni taqsimlashning uzoq muddatli va qisqa muddatli rejalari va istiqbollari ilmiy asoslarda ishlab chiqiladi. Bunda xalq xo'jaligi tarmoqlarining yer zahiralariga bo'lgan kelgusi talablari chamalanadi, foydalanilmayotgan va yomon foydalanilayotgan yerlar aniqlanadi. Umumdavlat yer tuzish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.61 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.61 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga