Yer uchun haq to'lashni huquqiy tartibga solish

Yer uchun haq to'lashni huquqiy tartibga solish

O'quvchilarga / Huquq
Yer uchun haq to'lashni huquqiy tartibga solish - rasmi

Material tavsifi

Yer uchun haq to'lashni huquqiy tartibga solish Yer shunday mol-mulk toifasiga kiradiki, u iste'mol mahsulotlari yaratish uchun asosiy vositalardan biri, xalq xo'jaligi inshootlari, qurilmalarini joylashtirish uchun esa bazis rolini o'ynaydi. Shu sababdan, barcha mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to'lanishligi singari yer uchastkalardan foydalanilganligi uchun ham yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari haq to'laydilar. Yoxud, O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksida o'rnatilishicha, yerdan foydalanganlik uchun haq to'lanadi (28-modda). Garchi Yerdan foydalanganlik uchun haq yer solig'i va ijara haqi shaklida undiriladi. Yer solig'i va ijara haqi bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Ijara to'g'risidagi, Fermer xo'jaligi to'g'risidagi qonunlari, Fermer xo'jaligining Na'munaviy ustavi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo'mitasining 1997 yil 28 noyabrda qabul qilingan Yer solig'ini hisoblash va to'lash tartibi to'g'risidagi yo'riqnomasi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shuning uchun yerdan foydalanganlik uchun haq undirish bilan bog'liq munosabatlarni faqat Soliq qonunchiligi bilan tartibga solinadi deb emas, yoki yer solig'i va ijara haqi huquq institutlarini faqat moliya huquqining instituti deb hisoblamasdan, balki bu huquq institutining boshqa huquq sohalari, chunonchi yer, fuqarolik, xo'jalik, qishloq xo'jalik huquqiga ham tegishli ekanligini e'tirof etish to'g'ri bo'ladi. Yerdan foydalanganlik uchun haq to'lovchilar bo'lib o'z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar. Demak, yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari qanday shaklda tegishli bo'lishligidan qat'iy nazar, hoh u xususiy mulk asosida, hoh egalik huquqi asosida, hoh ijara shaklida, hoh bir umrlik meros huquqi ko'rinishida, hoh oddiy foydalanish asosida bo'lsin yerdan foydalanganlik uchun haq to'laydilar. Yana shuni ta'kidlash o'rinliki, yuridik va jismoniy shaxslar qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalarini olganlaridan so'ng foydalanish-foydalanmasliklaridan qat'iy nazar yer uchun haq to'laydilar. Yer uchun haq to'lanadigan obyektlar bo'lib: birinchidan, mulk qilib olingan yer uchastkalari; ikkinchidan, qishloq va o'rmon xo'jaligini yuritish uchun egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; uchinchidan, korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun berilgan yer uchastkalari; to'rtinchidan, korxonalar, binolar va inshootlarga bo'lgan mulk huquqi o'tishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o'tgan yer uchastkalari; beshinchidan, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; oltinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan yer uchastkalari; yettinchidan, jamoa bog'dorchiligi, polizchiligi, uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari; sakkizinchidan, xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar; to'qqizinchidan, meros, hadya yoki sotib olinishi natijasida uy-joy, dala hovli bilan birgalikda egalik qilish huquqi ham o'tgan yer uchastkalari; va, o'ninchidan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari hisoblanadi. Yerdan foydalanganlik uchun haq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.3 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.3 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga