YeRDAN FOYDALANISh VA MUHOFAZA QILISh USTIDAN DAVLAT NAZORATI RYeJA: 1. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni. 2. Yerlarni muhofaza qilishning maqsadi. 3. Yerlarni muhofaza qilishni amalga oshirishning huquqiy asoslari. Yerlarni muhofaza qilish bilan bog'liq masalalarning dolzarbligi nimalarda namoyon bo'ladi? Yerlarni muhofaza qilishning o'ta muhimligi va dolzarbligi Respublika aholisining yildan-yilga tez o'sib borishi oqibatida jon boshiga hisoblaganda sug'oriladigan yer maydonlari kamayib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin. Respublikamizda bu ko'rsatgich 70-yillarda 0,4 gektar, 80-yillarda 0,2 gektardan to'g'ri kelgan bo'lsa, hozirgi vaqtda esa bu ko'rsatkich yanada pasayib 0,12 gektarni tashkil etadi. Bundan tashqari iqtisodiyot tarmoqlari: sanoat, transport, aloqa va boshqa tarmoqlari bilan bog'liq qurilishlar uchun ajratiladigan yer maydonlari yildan yilga ortib bormoqda. Bu holatlar ham erlarni muhofaza qilish masalalari dolzarb ekanligini bildiradi. YeRDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA QILISh USTIDAN DAVLAT NAZORATINI AMALGA OShIRUVChI DAVLAT ORGANLARINING FUNKSIYALARI, HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI a) erlarni muhofaza qilish bo'yicha kompleks tadbirlar bajarilishini ustidan nazorat qilish, ular quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1 tuproq unumdorligini, shuningdek erlarning boshqa xossalarini qayta tiklash va oshirish; 2buzilgan erlarni rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va erlarning boshqa foydali xossalarini oshirish; 3qishloq xo'jaligi ekin maydonlarini butalar va mayda dov-daraxtlar, begona o'tlar o'sishidan hamda erlarning texnik holati yomonlashishining boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish; b) suvni muhofaza qilish zonalari va qirg'oqbo'yi polosalari uchun yer ajratilishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish; v) foydali konlarni qazish, qurilish ishlari va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo'jaligi yerlari, o'rmon yerlari va boshqa erlarning ushbu ishlar tugallangandan keyin belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishi ustidan nazorat qilish; O'zbekiston Respublikasi yer kodeksida erlarni muhofaza qilish masalalari qanday me'yorlarni o'rnatish orqali belgilanadi? 79-modda. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibini belgilash orqali 80-moddada. obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, ko'rish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablarni o'rnatish orqali 82-moddada. Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragbatlantirish me'yorlarini belgilash orqali 81-moddada Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan erlardan foydalanish me'yorlarini belgilash orqali YeRLARNI MUHOFAZA QILISh BILAN BOG'LIQ TUShUNChALAR Yerlarni muhofaza qilish to'g'risida so'z borganda «yerni huquqiy muhofaza qilish» va «yerdan foydalanish huquqini himoya qilish» degan tushunchalarni bir-biridan farqlash maqsadga muvofiq. Chunki, yerdan foydalanish huquqini himoya qilish deganda yerdan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yani yerdan foydalanuvchilarning yer munosabatlari bo'yicha subyektiv huquq vakolatlarini amalga oshirishga to'sqinlik qilishni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy me'yorlar yig'indisi tushunilsa, yerni huquqiy muhofaza qilish deganda esa, yerdan oqilona foydalanish, uni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidan asossiz ravishda olinishining oldini olish, zararli antropogen ta'sirdan himoya qilish, shuningdek tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, erlarining samaradorligini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
74.51 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
74.51 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: pptx