Yerni huquqiy muhofaza qilish

Yerni huquqiy muhofaza qilish

O'quvchilarga / Huquq
Yerni huquqiy muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Yerni huquqiy muhofaza qilish Reja: Yerni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari. Yerni huquqiy muhofaza qilish mazmuni, maqsadi va vazifalari. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari. Yerlarni muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifasidir. Chunki, xalqning moddiy faravonligi tabiatning bebaho boyligi, barcha jonzodni boquvchisi hisoblangan yerga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga bo¦liq bo'ladi. Shu sababdan, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish juda muhim ahamiyatga egadir. Yerning tabiiy resurs sifatida shunday alohida xususiyati borki, unga to'¦ri munosabatda bo'linsa, uni muhofaza etish to'¦risida ¦amxo'rlik qilinsa hosildorligi doimo oshib boradi. Aksincha esa uning holati yomonlashib, foydalanish uchun yaroqsiz ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun yer egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari doimo tuproq unumdorligi to'¦risida ¦amxo'rlik qilishlari, yerning sifatini yaxshi saqlashga asosiy e'tibor qaratishlari lozim. Hozirgi sharoitda davlatimizda agrar munosabatlar sohasida islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda atrof-tabiiy muhitni, xususan yer boyliklarini muhofaza qilish muammosiga alohida e'tibor berilmoqda. Buning isboti sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 24 noyabrdagi «Yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish to'¦risida»gi farmonini ko'rsatish mumkin. Bundan tashqari, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga ba¦ishlangan bir qator qonunlar qabul qilingan bo'lib, ularda tabiat obyektlari, jumladan yer boyliklarini muhofaza qilishga ba¦ishlangan alohida boblar kiritilgan. Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng muhimlaridan biri - yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, ya'ni yerni qonunlar yordamida buzilib tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega. Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini shu bilan tushuntirish mumkinki, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda tabiiy-ilmiy, ishlab chiqarish-tashkiliy, texnikaviy tavsiyanomalarning roli qanchalik katta bo'lmasin, ularning bajarilishi barcha davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun huquqiy normalarda mustahkamlangandan keyingina majburiy xarakterga ega bo'ladi. Aks holda bu tavsiyanomalar bajarilmasdan qolib ketishi mumkin. Shunday qilib, yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta'min etishda qonunning ahamiyati katta bo'lib, u yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bo¦liq bo'lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va har xil ¦ayriqonuniy xatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi. Qonunlar yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabatdabo'lish, asrab-avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talabani belgilaydi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi. Yerni muhofaza qilishning o'ta muhimligini yana yildan-yilga aholining tez o'sib borishi oqibatida jon boishga hisoblaganda su¦oriladigan yer maydonlari kamayib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin. Chunonchi, Respublikamizda bu ko'rsatgich 50-yillarda aholi jon boshiga 0,5 gektar, 70-yillarda 0,4 gektar, 80-yillarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.6 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.6 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga