Yevropama'rifatparvarlarining siyosiy-huquqiy ta'limotlari Reja: 1.Volterning siyosiy-huquqiy qarashlari. 2.Monteskening siyosiy-huquqiy qarashlari. 3.Russoning siyosiy-huquqiy ta'limoti. 4.XVII-XVII asrlarda Germaniya siyosiy-huquqiy ta'limotlari. 5.XVII asrlarda Italiyadagi siyosiy-huquqiy ta'limotlar Volterning siyosiy va huquqiy qarashlari Fransua-Mari Volter (1694-1778) takidlashicha, erkinlikka intilish odamning tabiiy instinktidir. Bu instinkt uning jon saqlashi va yashashi uchun zarur jamiyatni yaratishga undaydi. Jamiyat insonning takomillashishiga imkon beradi. Volter nuqtai nazariga ko'ra, tabiiy qonunlar bu aql qonunlari, insoniyatga tabiat inom qilgan qonunlardir. Inson erkinlikda yashashni istaydi, shunga intiladi. Erkinlik bu fikr erkinligi, matbuot, vijdon erkinligi, o'zboshimchalikka yo'l qo'ymaslikdir-Erkinlik faqat qonunlarga qaram bo'lishdan iboratdir,-deydi Volter.Volter demokratiya va halq hokimiyatchiligidan o'lguday qo'rqar edi. U ma'rifatli absolyutizm tarafdori edi. Monteskening siyosiy-huquqiy qarashlari. Tabiiy huquq nazariyasining rivojlanishiga fransuz faylasufi ma'rifatparvar siyosiy mutafakkir va huquqshunos Sharl Lui Monteske (1689-1775) katta hissa qo'shdi. Monteske asarlari ichida uning qonunlar ruhi haqida asari alohida o'rin egallaydi. Bu asarda bayon qilingan ta'limot burjua dunyosining siyosiy-huquqiy fikr tarixi va davlat muassasalarining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Monteske ta'limotining mohiyati har bir xalq qonunlarining ruhi bir qancha konkret shart-sharoitlar bilan belgilanganligi, bu shart-sharoitlarning har biri o'ziga xos ahamiyat kasb etishini anglashga qaratilganligidadir. Monteske fikricha, qonun chiqaruvchi birinchi navbatda iqlim bilan hisoblashishi zarur. Issiq iqlim xalqni noziklashtiradi va erinchoq qiladi. Shuning uchun bu yerda jazo bilan qo'rqitish odamlarni ishlashga majbur qiladi. Davlat depotizm shaklida bo'ladi. Iqlimdan tashqari Monteske yerning hosildorligi, tog'lar va orollar, tekisliklar, iqtisodiy ahvol, dinning roli haqida ham fikrlar bayon qiladi. Mo'tadil iqlim qonunlar ruhiga ijobiy ta'sir qiladi, deb hisoblaydi. Monteske fikricha, geografik muhit jamiyat rivojining boshlang'ich davrida xal qiluvchi rol o'ynaydi, chunki bu davrda tabiat va iqlimning ta'sirini cheklashga qodir qonun chiqaruvchi odamning o'zi bo'lmagan qonun ruhini, uning mazmunini belgilovchi muhim omil davlatning boshqarish shakli, jamiyatdagi siyosiy tuzimdir. Bu omil geografik omil ta'sirini cheklab qo'yishi ham mumkin, deb hisoblaydi Monteske. Mana shuning uchun Monteske davlat shakllariga alohida to'xtaladi. U uchta to'g'ri davlat shakllarini ajratadi: demokratiya, aristokratiya va monarxiya. Bularning barchasiga ta'rif beradi va o'ziga xos xususiyat va belgilarini ko'rsatadi. Uning o'zi konstitutsion monarxiya tarafdori edi. U despotizmni qoralaydi, uni tabiiy huquqqa mutloq zid siyosiy tuzum deb biladi. Siyosiy tuzumning qonunlar ruhiga ta'siri haqidagi fikrlarini Monteske erkinlik va uni ta'minlash masalasi bilan bog'laydi. Uning fikricha, erkinlik bu xavfsizlikni his qilishdir. Bu hissiyot qonunlarning xukmronligidan kelib chiqadi. Davlatdagi erkinlikning eng muhim belgisi qonunchiliqdir. Binobarin, siyosiy arbobning asosiy vazifasi qonunchilikning ta'minlash chora va vositasini topish va ko'rsatib berishdan iboratdir. Bunday vosita, deydi Monteske, hokimiyatlar taqsimlash prinsipini joriy qilishdir. Mana shu prinsip joriy qilingan davlatdagina erkinlik ta'minlanishi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.32 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.32 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: doc