Yevropada o'rta asrlar davlati va huquqi xususiyatlari

Yevropada o'rta asrlar davlati va huquqi xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Yevropada o'rta asrlar davlati va huquqi xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

YEVROPADA O'RTA ASRLAR DAVLATI VA HUQUQI XUSUSIYATLARI Reja: Yevropada O'rta asrlar davlati va huquqi xususiyatlari Franklarning davlat tuzumi Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari Avvalo shuni aytib o'tish kerakki, G'arb va Sharq mamlakatlarida feodal yer mulkchiligini quldorlik davridagi mulkchilikdan farqlaydigan o'ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, G'arb mamlakatlarida yerning oliy egasi monarx (qirol, knyaz, imperator) hisoblanib, boshqa feodallar undan xizmat evaziga yoki boshqa shartlar bilan yer olganlar. Ular esa bu yerni uchinchi shaxsga ma'lum shartlar evaziga berganlar. Yer bergan feodal syuzeren, olgani esa vassal deb atalgan. Shunday qilib, G'arbiy Yevropamamlakatlarida yerga egalik qilishning o'ziga xos xususiyatlari uning ierarxik (pog'onama-pog'ona) xarakterida bo'lib, bu hodisa maxsus shart-nomalar (investitura)da ifodalanadigan syuzerenitet-vassalitet munosabat-larini tug'dirgan. Sharq mamlakatlarida bunday egalik bo'lmay, yer davlat mulki hisoblanardi. Yirik yer egalari davlatga bo'ysunardilar, dehqonlar va hu-narmandlar esa bevosita davlatga renta-soliq to'lardilar. Yerga nisbatan davlat mulkchiligining mavjudligi o'rta asr Sharqida davlatning nisbatan markazlashishida muhim omil hisoblangan, lekin XVI-XVII asrlarga kelib kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining rivoj-lanishiga to'siq bo'lib qolgan. Jamiyatning bazisida feodal munosabatlar o'rin olgach, uning siyosiy ustqurmasida ham bazisning xarakterini ifodalaydigan o'zgarishlar ro'y berdi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi bilan davlatchilik ham rivojlandi. Yevropada bu jarayon asosan quyidagi to'rtta: ilk feodal monarxiyasi, senorlik monarxiyasi (feodal tarqoqlik), tabaqa-vakillik monarxiyasi va mutlaq monarxiya bosqichlaridan o'tdi. Biroq bu bosqichlarni hamma Yevropamamlakatlari bir vaqtda va to'liq bosib o'tmadi. Har bir mamlakat milliy tarixining o'ziga xos xususiyatlari ham ana shundan kelib chiqadi. Shuni ko'rsatib o'tish joizki, Sharq mamlakatlari o'z taraqqiyotida bunday davrlarni to'liq bosib o'tmadi. Ko'pchilik olimlar ko'rsatishicha, Sharq feodal davlatlari tashkil topgan vaqtidan boshlaboq mutlaq monar-xiya shaklida bo'lib, bu davr uzoq davom etdi. Feodal jamiyatida va uning siyosiy tashkilotlarida cherkov mafkurasi katta rol o'ynab, dindorlar imtiyozli tabaqa hisoblangan. Sharqiy va G'ar-biy Yevropada xristianlik, Osiyoning bir qancha mamlakatlarida islom, Xitoy, Yaponiyada konfutsiylik va buddizm hukmron diniy mafkura hi-soblangan. Xristianlik Yevropada yagona din bo'lib, u kishilarning butun hayotini o'ziga bo'ysundirgan, kishilar tug'ilganidan to vafot etganlariga qadar cherkov nazorati ostida bo'lganlar. Xristianlik, garchi kambag'al va qullarning dini sifatida vujudga kelgan bo'lsa ham, keyinchalik u butun G'arbiy Yevropaga yoyildi. 325 yilda xristian cherkovning birinchi sobori (yig'ilishi) chaqirildi. 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlari o'rta-sidagi asriy nizolar tugab, xristianlikda uzil-kesil ikkita cherkov, ikkita mazhab-pravoslaviye va katolitsizm qaror topdi. 1232 yilda Rim papasi dahriylarga oid ishlarning barchasini dominikan-monaxlar jamoasi hal etishi to'g'risida farmoyish chiqardi. 1252 yilda endigina shakllanayotgan inkvizitsiya - cherkov sudiga tergov qilishda qiynash usulini qo'llashga ruxsat berildi. Ana shu tariqa o'rta asr cherkov inkvizitsiyasi (sudi) tashkil topdi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.35 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.35 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga