Yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini jinoiy tarzda buzganlik hollarini tergov qilish

Yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini jinoiy tarzda buzganlik hollarini tergov qilish

O'quvchilarga / Huquq
Yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini jinoiy tarzda buzganlik hollarini tergov qilish - rasmi

Material tavsifi

Yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini jinoiy tarzda buzganlik hollarini tergov qilish Reja: 1. Yo'l-transport hodisalarining kriminalistik tavsifi 2. Tergov yo'nalishlarini aniqlash 3. Dastlabki tergov harakatlari va tezkor-qidiruv chora-tadbirlari 5. Yo'l-transport hodisalari tergovining davomi Yo'l harakati xavfsizligi (YHX) qoidalarini jinoiy tarzda buzganlik ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlarning eng ko'p tarqalgan turlaridan hisoblanadi. Bunday qoidabuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi nafaqat ularning keng tarqalganligi, balki kelib chiqadigan oqibatlarning og'irligi, ya'ni jarohatlarning ko'pligiga, qurbonlar bo'lishiga, mulkiy ziyon jiddiyligiga bog'liqdir. Yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini jinoiy tarzda buzganlik hollarini tergov qilishning murakkabligi asosan yo'ldagi holat bamisoli yashin tezlikda o'zgaradigan bir sharoitda hodisa sabablarini aniqlash zaruratidan kelib chiqadi. Muhimi vaziyatni aniqlashtirib olish, hodisa mexanizmini tiklash-tergovchi uchun doimo murakkab texnik va yuridik vazifa hisoblangan. YTHlarining umumiy kriminalistik tavsiflarini bilish tergovchi oldidagi muammoni hal etishga muayyan darajada ko'maklashadi. Bunday tavsiflar negizida transport vositalarining havfsiz harakat qilishining shart-sharoitlarini, bu shart-sharoitlarga rioya etishi shart bo'lgan shaxslarning xulq-atvoridagi qoidadan chetga chiqishlarni, sodir etilgan qoidabuzarliklar natijasida kelib chiqqan zararli oqibatlar o'rtasidagi aloqani aks ettiruvchi ko'rsatkichlar tizimi yotadi. Agarda transport vositalarining harakatini boshqarishga nisbatan muayyan tizim sifatida qaraladigan bo'lsa, haydovchi, transport vositasi va yo'ldagi holat ushbu tizimning shart bo'lgan va o'zaro bog'liq elementlarini tashkil etadi. Yo'l harakati xavfsizligi ana shu uchala elementning to'g'ri ishlashi va bir-biriga bog'liq holda amal qilishi orqali ta'minlanadi. Ulardan istalgan birining boshqalariga nisbatan nomuvofiq kelishi tufayli xavfli vaziyat, ya'ni haydovchining favqulotda choralar ko'rishi orqali YTHni chetlab o'tish uchun hali imkoniyatlar mavjud bo'lgan muhit yuzaga keladi. Biroq, bunday vaziyat haydovchi, u boshqarayotgan transport vositasi va yo'ldagi holat o'rtasida aloqadorlik buzilishi natijasida avariya hodisasiga aylanishi mumkin. YTHlari mexanizmidagi sababiy bog'lanishni quyidagi tarzda tasavvuf etish mumkin: Haydovchi-transport vositasi-yo'ldagi holat tizimidagi nomuvofiqlik xavfli holat yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Agar lozim choralar ko'rilmasa, bu hol avariya vaziyatiga aylanib ketishi mumkin, bu esa muqarrar ravishda ziyon ko'rilishiga olib keladi. Shuningdek, Haydovchi-transport vositasi-yo'ldagi holat tizimidagi nomuvofiqlik haydovchilar, piyodalar yoki yo'lovchilarning, transport vositalari va yo'llarning texnik holati. Yo'l harakatini tashkil etish uchun ma'sul bo'lgan shaxslarning xatti-harakatlari tufayli kelib chiqishi mumkin. Haydovchi bo'g'inida qoidalardan chetga chiqish sabablari obyektiv yoki subyektiv tusga ega bo'ladi. Odamlar va boshqa narsalarni urib ketish, transport vositasi bilan to'qnashish va boshqa xavfli oqibatlarga yo'l qo'ymaslik maqsadida haydovchini boshqarishning odatdagi usullarini o'zgartirishga yoki yo'l harakati qoidalarini buzishga majbur etadigan har qanday tashqi sharoitlar obyektiv sabablar jumlasiga kiradi. Belgilangan tartib-qoidalarni bayon etilgani tarzda buzish hollari, odatda, agar haydovchi shunday choralar ko'rmasa yo'l holatida yuqorida ta'kidlanganiga o'xshash yomon oqibatlar kelib chiqishi mumkin, degan xulosaga kelsa, ro'y beradi. Haydovchining ko'pincha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.49 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.49 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga