Yolg'on guvohlikning kriminologik jihatlari

Yolg'on guvohlikning kriminologik jihatlari

O'quvchilarga / Huquq
Yolg'on guvohlikning kriminologik jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Yolg'on guvohlikning kriminologik jihatlari MUNDARIJA: KIRISH……3 I-BOB. YOLG'ON GUVOHLIKNING JINOYAT-HUQUQIY TAVSIFI…7 1.1. Yolg'on guvohlik berish jinoyatining ijtimoiy xavfliligi va umumiy tavsifi……7 1.2. Yolg'on guvohlikning obyekti……14 1.3. Yolg'on guvohlikning obyektiv tomoni…….20 1.4. Yolg'on guvohlikning subyekti……32 1.5. Yolg'on guvohlikning subyektiv tomoni……43 I - bob bo'yicha xulosa……49 II-BOB. YOLG'ON GUVOHLIKNING KRIMINOLOGIK JIHATLARI……51 2.1. Yolg'on guvohlik berishning kriminologik tavsifi……51 2.2. Yolg'on guvohlik berishning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar…….54 2.3. Yolg'on guvohlik berishning oldini olish choralari…….58 2.4. Yolg'on guvohlik berishni oldini olishning jinoyat-huquqiy va jinoyatprotsessual choralari……63 II - bob bo'yicha xulosa……70 XULOSA…….71 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI…….74 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsadlardan biri fuqarolarda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jazolovchi organ emas, balki, shaxs huquq va manfaatlarini himoya qiladigan organlar sifatida qarashni shakllantirishdir. «Yana bir muhim masala sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mas'uliyatini kuchaytirish haqida alohida to'xtalishni o'rinli, deb bilaman. Takror-takror aytishga to'g'ri keladi, bu sohada xizmat qiladigan odamlar o'zining professional va fuqarolik burchini, o'z vazifasini qanchalik halol va sidqidildan ijro etishi, hech mubolag'asiz, butun hokimiyatning obro'si va kishilarimizning adolatga ishonchi qay darajada bo'lishini belgilaydi» degan fikrlari yurtboshimizning ushbu masalaga davlat miqiyosida etibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. Mamlakatimizda sud-huquq sohasini demokratik asosda yanada isloh etish, mustahkamlash va erkinlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarda parlamentning alohida o'rin tutganini takidlash zarur. Ana shu davrda parlament tomonidan qabul qilingan 30 ga yaqin qonunchilik hujjatlari qonun ustuvorligini ta'minlash, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda huquqni muhofaza qilish tizimining samaradorligini oshirishda muhim omil bo'ldi2. Shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimov «huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko'zi ham, so'zi ham qonundir. Ming afsuski, bizda qonunlarni mensimaslikka, ularni buzishga o'rganib qolingan. Qonunni buzishga hech kimning haqqi yo'q. Chunki qonun - xalqning xohish-irodasi! Uni buzgan, mensimagan odam xalqning yuziga oyoq qo'ygan kishidir. Biz qonunni hurmat qilish, unga bo'ysinish, rioya qilish yo'lidan borsak, istiqbolimiz porloq bo'ladi. Ana shunga erishish uchun Prezident qonunlarning eng asosiy posboni, himoyachisi bo'lishi kerak», deb takidlagan edi. Odil sudlovning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi faqat mazkur organlar tomonidan huquq normalariga rioya etilishiga, balki guvohlar, shuningdek, odil sudlov faoliyatiga jalb etilgan boshqa shaxslarning fuqarolik burchini beg'araz va xolis bajarishiga ham ko'p jihatdan bog'liq. Bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi samarali kurash olib borishda guvoh ko'rsatuvlarining ahamiyati beqiyos, zero hozirgi zamon jinoyat protsessida guvoh ko'rsatuvlari haqqoniyligini ta'minlash jinoyat huquqiy taqiqlarni o'rnatish orqali maxsus muhofaza ostiga olingan, mazkur huquqiy muhofaza mexanizmi barcha davrda, xususan, mamlakatimizning bugungi va kelajakdagi jinoyatchilikka qarshi kurash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 80.52 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 80.52 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga