Yolg'on nazariyasi uning kelib chiqish sabablari va shakllari Reja: Yolg'on nazariyasi uning kelib chiqish sabablari va shakllari Yolg'on psixologiyasiga oid ayrim tadqiqotlar Yolg'on nazariyasi uning kelib chiqish sabablari va shakllari O'zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan manzilkoloniyalar, umumiy tartibli koloniyalar, qattiq tartibli koloniyalar, maxsus tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari, turmalarda ozodlikdan mahrum etilgan, qamoq jazosini o'tayotgan shaxslarni qonun bilan belgilangan va ajratilgan tartibda, shuningdek, tergovda bo'lgan mahbuslar yuzasidan sud qarorlarini amalga oshirish, maxsus kontingentni tarbiyalash, mahkumlarni ish bilan ta'minlash, ularga kommunal-maishiy sharoitlarni yaratib berish va tibbiy yordam ko'rsatish, penitentsiar tizimi muassasalarning moddiy texnika va ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatining alohida xususiyatidir. Bunda nafaqat shaxs psixologiyasining ahamiyati, balki shaxsning alohida psixologik tomonlari va xususan, yolg'on va yolg'on ko'rsatmalarning psixologik mexanizmi haqida xodimning bilimlari muhim amaliy ahamiyatga ega. Yolg'on - noto'g'ri gap, aldov, nohaqlik. Jazoni ijro etish muassasasi xodimlarida ashaddiy tartibbuzarlar tomonidan tomonidan beriladigan yolg'on vadalar tufayli turli qiyinchiliklar yuzaga keladi. Xodimlarning mahkumlarni axloqan tuzatishlarida qaramaqarshi manfaatlar yuzaga keladi. Yolg'on - adovatlardan biridir, bu bilan jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida juda ko'p hollarda to'qnashishlariga to'g'ri keladi. Yolg'onchilik muammolarini o'rganuvchi psixologlar, haqiqatni aytishdan ko'ra yolg'on gapirish qiyinligini takidlaydilar. Yolg'on doimo shaxsning o'zini tutishidagi ozgina o'zgarishi orqali namoyon bo'ladi. Uni aniqlash esa - san'atdir, uni alohida bilimlarni egallash, mohirona qo'llash, va albatta, katta hayotiy tajriba orqali o'zlashtiriladi. Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida muvaffaqiyatga erishishda psixologik tashxis orqali shaxsning o'zini nosamimiy tutishi va uning yolg'on gapirayotganini aniqlashni bilishi muhim omil hisoblanadi. Yolg'on tabiati, namoyon bo'lish shakli va maqsadiga ko'ra farqlanadi, adolatni tiklash uchun kurashish quroli sifatida kim qo'llasa, uni taqib qiladi. Har qanday yolg'on xavfli: uning katta va kichik, ochiq va yashirin, sodda va ayyoronaligi ahamiyatsiz. U kimdan chiqishidan qati nazar, aniqlanmagan yolg'on haqiqatni aniqlashda, to'g'ri qaror qabul qilishda, adolatga jiddiy putur yetkazib alohida xavf tug'diradi. Aldash - haqiqiy fakt o'rniga yolg'onchi tasavvuridagi holatni qo'yish va haqiqatni unga maqul bo'lgan uydirma bilan almashtirish hisoblanadi. Yolg'on zanjirsimon xarakterga ega: bir yolg'on ikkinchisini tug'diradi va u bilan bog'langan bir qator faktlarni mutanosiblashtirishni talab etadi. Aldashga urinadigan odamlar o'z xulqini, jumladan ovozining sadosini nazorat qilishga harakat qiladilar, ammo shu paytda buni qay darajada uddalaganliklarini aniq bila olmaydilar, chunki o'z ovozining sadosini to'liq nazorat qilish ancha qiyin ish. Hayajon, jumladan fosh bo'lishdan qo'rqish tufayli kelib chiqadigan hayajonga ko'proq darajada xos bo'lgan hamda yolg'on axborot berish vaqtida ovoz va nutqda ko'rinadigan quyidagi belgilar farqlanadi: ovozda titroq paydo bo'lishi; vaqti-vaqti bilan ovozni tozalash; yo'talib qo'yish; og'iz ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.13 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.13 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:14 ]
Arxiv ichida: doc