Yoshlar manfaati va huquqlarining himoya qilinishi Yoshlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish borasidagi yetilgan muammolarni o'z vaqtida hal etish, uzluksiz ta'lim tizimida islohotlarni yanada chuqurlashirish, real iqtisodiyotda va mamlakat faoliyati sohalarida ta'lim muassasalari tomonidan tayyorlanadigan mutaxassislarga bo'lgan talabni ta'minlash maqsadida 2008 yilning «Yoshlar yili» deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Davlat dasturi qabul qilindi. Ushbu dasurda yoshlarning manfaatlarini yanada to'liq ta'minlash va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashirish hamda mustahkamlash, amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish belgilab berildi1. «Yoshlar yili» Davlat dasturi doirasida, avvalambor, mustaqillik yillarida qabul qilingan amaldagi qonun hujjatlarining yoshlar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga oid qismi bugungi kunda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari va dasurlarining mazmun-mohiyatiga mosligi nuqtai-nazaridan tahlil qilib chiqildi. Bu borada yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjat ro'yxati tuzilib, qaysi qonun hujjatlari takomillashtirishni taqozo etadi va yana qanday yangi huquqiy hujjatlar qabul qilinishi lozimligiga jiddiy e'tibor qaratildi. Jumladan, 2008 yilning 8 yanvaridan e'tiboran «Bola huquqlari-ning kafolatlari to'g'risida»gi qonun kuchga kirdi. Bola huquqlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yo'li bilan bolalarni, shu jumladan, yetim bolalarni va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini oshirish mazkur qonunning asosiy maqsadini tashkil etdi. Prezidentimiz tomonidan 2008 yil 16 aprelda «Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi qonun imzolandi. E'tiborli jihati shundaki, bolalar o'rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan mazkur qonun bilan amaldagi bir qancha qonun hujjatlari takomillashtirildi. Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoida-talablariga ham asoslanadi. O'zbekiston bevosita yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan o'ttizdan ortiq xalqaro huquqiy hujjatning ishtirokchisi hisoblanadi. Jumladan, 2008 yil 4 aprelda «Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to'g'risida»gi konvensiyani (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun, 8 aprelda esa «Bolalar mehnatining og'ir shakllarini ta'qiqlash va yo'q qilishga doir shoshilinch choralar to'g'risidagi konvensiyani (Jeneva, 199 yil 17 iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun kuchga kirdi. «O'tgan davr mobaynida bu yo'nalish bo'yicha Prezident va hukumat tomonidan 13 ta qaror, 1 ta farmoyish qabul qilindi va 2 ta qonun loyihasi qabul qilinish arafasida turibdi»1 -deb ta'kidladi yurtboshimiz o'z ma'ruzasida. Ana shu qonun hujjatlarida bolalarni tug'ilganidan to voyaga yetguncha bo'lgan davrda salomatligini himoya qilish, Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va shu dargohlarda ishlayotgan xodimlarni moddiy qo'llab-quvvatlash masalalari har tomonlama o'rin oldi. Ushbu qarorlar qatorida 2009-2014 yillarda bolalar musiqa va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.14 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.14 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:14 ]
Arxiv ichida: doc