Yoshlarni ijtimoiy himoyalashning huquqiy asoslari Mamlakatimizda shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish bo'yicha ma'naviy va sog'lom jamiyatni shakllantirishning qonuniy hamda iqtisodiy asoslarini yaratish orqali ijtimoiy himoyaga muhtojlar sonini kamaytirish va o'z navbatida, haqiqatda ko'makka muhtoj aholi ehtiyojlarini to'laroq qondirishga qaratilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari sonini keskin kamaytirishda sog'lom avlodni kasb-hunarli qilib tarbiyalashga va ular uchun yangi ish o'rinlari yaratishga qaratilgan siyosat alohida o'rin tutadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ushbu masala bo'yicha to'xtalib: Yoshlarimizning hayotiy manfaatlarini ta'minlash - bu ularning zamonaviy ta'lim va tarbiya olishi, zarur kasb-hunarlarni egallashi bo'ladimi, ish o'rniga ega bo'ladimi, o'z qobiliyati va salohiyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish bo'ladimi, yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash, oyoqqa turgazish bo'ladimi - bu masalalarning barchasi biz uchun eng muhim va ustuvor vazifa bo'lib qolaveradi, - deb takidlagan edilar. Aytish joizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining eng faol qatlami - yoshlarning bandligi va faolligini amaliy ta'minlash orqali ular o'z oilasi uchun zarur moliyaviy mablag'larni tadbirkorlik qobiliyatini ro'yobga chiqarib yoki biror-bir ish o'rniga ega bo'lib, ishlab topadi va ijtimoiy himoyaga muhtojlik sezilmaydi. Yurtboshimiz takidlaganidek, Oldimizda turgan yana bir dolzarb vazifa - birinchi galda, etiborni yosh avlodning har tomonlama sog'lom bo'lib tug'ilishiga qaratish orqali ijtimoiy himoya masalalarining to'laqonli yechimini topish imkoniyati yaratiladi. Sog'lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir. Takidlash joizki, nogiron tug'ilgan jamiyat a'zolari, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga kiritiladi va butun umri davomida birovning qo'liga qarab yashaydi. Demak, jismoniy sog'lom avlod tug'ilishiga erishish va sog'lom avlodni kamol toptirish ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini keskin kamaytirib, o'z navbatida himoyaga muhtojlar uchun etarli mablag'lar ajratish uchun asos yaratadi. Mamlakatimizda tarkib topayotgan bozor munosabatlari tizimi aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish vazifasini ilgari suradi. Shunga binoan, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda aholini ijtimoiy himoyalash siyosati amalga oshirilmoqda va bu hol davlatimiz tomonidan, bu masala yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlarda o'z ifodasini topmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsiz va yolg'iz qariyalarning huquqlar davlat himoyasidadir. Shuningdek, uning ko'plab boshqa moddalaridagi normalari ham aholining ijtimoiy himoyasiga oid mazmun bilan sug'orilgan. Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab amalga oshirilayotgan bu siyosatning amaliy tasdig'i sifatida shuni takidlash kerakki, ijtimoiy sohaga yo'naltirilayotgan mablag'lar davlatimiz byudjetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006 yilda 51,9 % ni, 2007 yil 53,8 % ini tashkil etdi. 2008 yilda esa bu ko'rsatkich 54,6 % darajasida bo'lishi belgilab qo'yilgan. O'tgan 2007 yil Ijtimoiy himoya yili deb elon qilinishi munosabati bilan yoshlarni ijtimoiy himoyalash masalasiga alohida etibor qaratilgan. Mamlakatimizda bozoro munosabatlari tarkib topilar ekan shu o'rinda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.31 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.31 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:14 ]
Arxiv ichida: doc