Yozma yuridik nutq. Yuridik terminlar tizimining o'ziga xos xususiyatlari Reja: Termin va terminologiya. Terminlarning o'ziga xos xususiyatlari. Termin va atama, ular o'rtasdagi farq. Termin va so'z, ular o'rtasidagi umumiylik va xususiylik. Termin va kasb-hunar so'zlari(professionalizmlar), ular o'rtasidagi farq. Yuridik terminlar tizimi. Yuridik terminlar oldiga qo'yiladigan talablar. Yuridik terminlarning adabiy til me'yorlariga muvofiqligi. Yuridik terminlar tarixi. Yuridik terminlar tizimining boyish yo'llari. Yuridik terminlarni unifikatsiya qilish va tartibga solish masalalari. Tayanch so'z va iboralar: termin, termin va so'z, termin va tushuncha, yuridik terminlar, termin - bir manoli so'z, termin - rasmiy manoli so'z, termin - ilmiy so'z, qonun tili leksikasi, termin va atama, yasama termin, birikmali termin, o'zlashgan termin. Ilm-fan, texnika, qishloq xo'jaligi va san'atga oid tushunchalarning aniq nomini bildiruvchi bir manoli so'z va birikmalar terminlar deyiladi. So'z ko'p manoga, yani qo'shimcha manolarga ega bo'ladi, lekin termin bunday xususiyatga ega emas. Termin ham so'z, ammo u odatdagi so'zlardan manosining aniqligi, bir manoliligi bilan farqlanadi. Termin malum sohada, shu soha vakillari nutqida qo'llaniladi. Masalan: jinoyat, jazo, davo, ayblanuvchi, bosqinchilik, retsidiv jinoyat, genotsid, terrorizm, vasiylik, senat, spiker kabi terminlar yurisprudensiya tarmoqlarida uchraydi. Terminlar yig'indisi va shu terminlarni o'rganuvchi soha terminologiya deyiladi. Termin grekcha terminos so'zidan olingan bo'lib, chek, chegara manolarini bildiradi. Keyingi yillarda termin so'zi o'rniga atama so'zi qo'llanyapti. Bunday qo'llash xato hisoblanadi. Chunki atama so'zining manosi termin so'zining manosiga nisbatan keng bo'lib, u barcha narsalarning nomi sifatida tushuniladi, termin esa muayyan bir sohada qo'llanuvchi rasmiylashgan so'zdir. Shuning uchun termin tushunchasini atama tushunchasining ichiga kiruvchi ilmiy va rasmiy manoga ega lug'aviy birlik deb nomlash o'rinli hisoblanadi. Qonun tili leksikasini, asosan, terminlar tashkil etadi. Lekin har qanday yuridik tushunchalarni ifodalash uchun terminlar oldiga malum talablar va me'yorlar qo'yiladi. Bu terminning mohiyati va tabiatidan kelib chiqadi. Terminlarning umumistemoldagi so'zlardan farqlanadigan o'ziga xos xususiyatlarini quyidagicha izohlash o'rinlidir: 1. So'zlar fan va texnikaning malum tarmog'ida qo'llanilib, istemol doirasi chegaralangan manoda ishlatilsa terminlarga aylanadi. Masalan, suv, tuz, aylana, guvoh, zarar, tuhmat, qo'rqitish kabi umumistemoldagi so'zlar fan sohalarida ilmiy-rasmiy manolarni ifodalab hozirgi kunda terminlar tizimiga kirgan. Suv so'zi umumistemolda har xil suvlarni anglatadi: oqar suv, buloq suvi, gazli suv, mineral suv kabi. Ximiya termini sifatida esa suv - N2O formulasi orqali ifodalangan va ikki vodorod hamda kisloroddan iborat birikma tushuniladi, ana shu tarkib asosida u Mendeleev jadvalidagi boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Guvoh so'zi umumxalq tilida biror voqea-hodisa ro'y bergan paytda shaxsan bo'lgan, uni o'z ko'zi bilan ko'rgan kishi manosini anglatsa, yuridik terminlar tizimida jinoyat ishi bo'yicha aniqlanishi lozim bo'lgan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.52 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.52 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:14 ]
Arxiv ichida: doc