Yuridik faktlar va ularning ahamiyati Ijtimoiy ta'minotga oid huquqiy munosabatlar muayyan yuridik faktlar (huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi harakatlar va voqea- hodisalar) yuz berishi bilan bog'liq holda sodir bo'ladi, o'zgaradi yoki barham topadi. Ijtimoiy ta'minot olish huquqlarining yuzaga kelishi, o'zgarib qolishi yoki barham topishi ham yuridik faktlar bilan bog'liqdir. Masalan, fuqaroning qonunda belgilangan yoshga yetishi fakti yoshga doir pensiya olish huquqining paydo bo'lishiga yoki boquvchisini yo'qotganlik huquqining barham topishiga (shaxsni 18 yoshga yetishi bilan) sabab bo'lishi mumkin. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisaning yuz berishi tufayli shaxsni nogiron deb topilishi nogironlik pensiyasi olish huquqining yuzaga kelishiga olib keladi. Muayyan hollarda ijtimoiy ta'minot munosabatlari va ijtimoiy ta'minot olish huquqlari yuzaga kelishi uchun yuridik faktlarning murakkab majmui ( yuridik tarkib) mavjud bo'lishi talab etiladi. Masalan, yoshga doir pensiya olish huquqining yuzaga kelishi uchun quyidagi faktlarning jami, ayni bir vaqtda mavjud bo'lishi talab etiladi: a) fuqaroning ma'lum yoshga yetganligi fakti; b) belgilangan minimal miqdordagi mehnat stajiga ega ekanlik fakti; d) pensiya tayinlanishini so'rab belgilangan tartibda ariza bilan murojat qilganlik fakti. Pensiya yoki nafaqa olish huquqini yuzaga keltiruvchi yuridik faktning sodir bo'lishi pensiya yoki nafaqa tayinlanishini anglatmaydi va bu huquqni amalga oshirilishi ushbu huquq sohibi hohish-irodasiga bog'liq bo'lib, bunda asosiy yuridik fakt bo'lib fuqaroning huquqdan foydalanishga qaratilgan harakati sanaladi. Protsessual- huquqiy munosabatlar. Fuqarolarda pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamlar olishga qaratilgan moddiy huquqlardan tashqari, protsessual huquqlar ham mavjud bo'lib, undan protsessual-huquqiy munosabatlar yuzaga keladi. Protsessual-huquqiy munosabatlar ma'lum huquqlarning yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, nizolarni hal qilish tartiblariga taalluqli bo'lib, turli shaxslar o'rtasidagi aloqalar xususiyatlarini aks ettiradi. Ijtimoiy ta'minotga oid protsessual munosabatlar uch turga bo'linishi mumkin bo'lib ular: 1. Asosiy moddiy huquqlarni yuzaga kelishiga va amalga kiritilishiga huquqiy ta'sir qiluvchi yuridik faktlarni belgilashga qaratilgan protsessual munosabatlar . 2. Pensiya yoki nafaqalar tayinlash, ijtimoiy yordamlar ko'rsatish asoslari mavjud yoki yo'qligini aniqlash, pensiya yoki nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish bilan bog'liq bo'lgan protsessual munosabatlar 3. Ijtimoiy ta'minot huquqini amalga oshirish chog'ida yuzaga keladigan nizolarni hal etish, buzilgan huquqlarni himoya qilishga oid protsessual munosabatlar. Ijtimoiy ta'minot huquqlari mavjudligini belgilashga oid bo'lgan munosabatlar, odatda fuqaro bilan quyidagi organlar o'rtasida yuz beradi: a) nogironlik va uning yuz berish vaqti hamda sabablarini belgilash yuzasidan davlat tibbiy-mehnat ekspertiza organlari bilan; b) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash yuzasidan-poliklinika, kasalxona yoki boshqa sog'liqni saqlash muassasalari bilan; d) fuqaroning yoshi, tug'ilishi, vafot etishi, qarindoshlik aloqalari va boshqa faktlarni belgilash yuzasidan -fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limlari bilan; e) oilaning moddiy ahvolini, daromadlarni belgilash, qaramog'da bo'lganlikni aniqlash kabi holatlar yuzasidan mahalla fuqarolar yig'inlari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.63 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.63 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:14 ]
Arxiv ichida: doc