Yuridik faoliyatning ijtimoiy - psixologik asoslari

Yuridik faoliyatning ijtimoiy - psixologik asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Yuridik faoliyatning ijtimoiy - psixologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Yuridik faoliyatning ijtimoiy-psixologik asoslari Reja: Muloqot haqida tushuncha. Muloqot jarayonida psixologik aloqani o'rnatish va rivojlantirish taktikasi. Guvoh va jabrlanuvchilar, shubhalanuvchi va ayblanuvchilardan kerakli ma'lumotlarni olishning psixologik xususiyatlari. Jinoyatchi shaxslar bilan aloqa o'rnatishning psixologik asoslari. Muloqot haqida tushuncha. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug'iladi. Muloqot - odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan muloqotda bo'lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o'rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o'z Meni atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, Shaxsning hayot yo'llari avval oilada, bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya'ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma'naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo'lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo'lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz. Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni bajarishga to'g'ri keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini o'ynasak, kasalxonada bemor, do'konda haridor, oilada rafiq yoki rafiqa, ota - ona oldida esa farzandlik rolini bajaramiz. Muloqot jarayonida psixologik aloqani o'rnatish va rivojlantirish taktikasi. Muloqotning muvaffaqiyatli bo'lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo'lsa (xushmuomalaliliq, kamtarlik, insonparvarlik, to'g'ri so'zliliq, vijdonliliq kabilar) muloqot jarayoni ham yaxshi o'tadi. Chunki shaxslar bir-birini to'g'ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ular samimiy bo'lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo'lib, voqea-hodisalarga oqilona munosabatda bo'lish, turli ta'sirlarga berilmaslikdir. Samimiylikning muhim belgisi - bu yuzdagi xushmuomalalik ifodasi va tabassum. Samimiylik bizning kayfiyatimizga ham bog'liq, chunki kayfiyatimiz yaxshi bo'lsa, samimiylik kuchayadi. Samimiylik ko'rsatish uchun kishining ko'ngli toza, oqko'ngil bo'lish lozim. Samimiylik fazilati ayniqsa rahbarning xodimlari bilan qiladigan muloqotida muhimdir. Agar rahbar xodimlari bilan samimiy munosabatda bo'lmasa ularning kayfiyati tushib, mehnat unumdorligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.43 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.43 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga