Yuridik konfliktlarning tabiati va turlari

Yuridik konfliktlarning tabiati va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Yuridik konfliktlarning tabiati va turlari - rasmi

Material tavsifi

Yuridik konfliktlarning tabiati va turlari Reja: 1. Konflikt tushunchasi, predmeti va obyekti 2. Konflikt chegaralari 3. Konflikt sabablari va motivlari 4. Shaxsni huquqiy begonalashtirish 5. Konflikt funksiyalari Konflikt tushunchasi va ta'rifi. Konflikt tushunchasi ilmiy adabiyotda bir xil ma'noda qo'llanilmaydi. «Konflikt» atamasining juda ko'p ta'riflari mavjud. «Konflikt» tushunchasiga nisbatan eng umumiy yondashuvga ko'ra, u ziddiyatga umumiy tushuncha sifatida, eng avvalo, ijtimoiy ziddiyat sifatida qaraladigan tushunchadir. Har qanday ziddiyatning rivojlanishi murakkab jarayon bo'lib, u obyektiv ziddiyatlarning yuzaga kelishi, avj olishi va hal etilishi asosida ro'y beradi. Marks nazariyasidagi sotsializm g'oyasi sinfiy konfliktlarni inkor etib kelgan. XX asrning 30-yillari oxirida bir qator mualliflar tomonidan sotsialistik jamiyatni «konfliktsiz» rivojlanishi, antagonistik qarama-qarshiliklarning bo'lmasligi haqidagi g'oya ilgari surilgan. Bu g'oya sotsializmda ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteriga to'liq mos kelishi haqidagi shiorda o'zining to'la ifodasini topgan. Keyinchalik bunday mos kelish faqat bir-biriga qarshi turgan ikki tomonning birligi bilan uyg'unlashgandagina namoyon bo'lishi tan olingan. Mos kelishlik qarama-qarshiliklar birligi doirasida qo'shilgan (birlashgan) vaqtda ziddiyatlar rivojining muayyan bosqichi sifatida talqin qilingan. Boshqa guruh faylasuflar esa sotsializmning asosiy ziddiyatlari bu ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o'rtasidagi, ba'zan ishlab chiqarish bilan iste'mol o'rtasidagi, eski bilan yangi o'rtasidagi ziddiyat deb tushunganlar. Bir guruh ingliz olimlarning fikricha, «Konfliktlar bu hayotning muqarrar va ko'pincha ijodiy bo'lgan bir qismidir. Konfliktlar insonlarning maqsadlari farqlanganda yuzaga keladi. Kelishmovchiliklar va konfliktlar odatda zo'rlik qo'llanilmasdan hal qilinadi va ko'pincha barcha jalb qilingan tomonlarning ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Bu holat konfliktlar bizning mavjudligimizning bir qismi bo'lganligi bois to'la adolatli hisoblanadi.»1. Demak, ziddiyatlar muammolari muayyan darajada ilmiy adabiyotda olimlar e'tiborini o'ziga tortgan. Biroq, bu holatni konfliktlar nazariyasiga taalluqli deb bo'lmaydi, chunki mohiyat jihatidan unga umuman e'tibor berilmagan. Shunga qaramasdan ziddiyatlar va konfliktni, bir tomondan, sinonimlar sifatida hisoblash mumkin emas, boshqa tomondan esa, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo'yib ham bo'lmaydi. Ziddiyatlar, qarama-qarshi turishlik, tafovutlar - bular konflikt uchun zarur, biroq yetarli shartlar emas. Qarama-qarshi turishlik va ziddiyatlar, qachonki ularni ifodalovchi kuchlar o'zaro ta'sirga, o'zaro munosabatga kirisha boshlaganda konfliktga aylanadi. Shunday qilib, konflikt obyektiv yoki subyektiv qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar bo'lib, u taraflarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshi kurashida ifodalanadi. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bu fikrni jamiyatga taqqoslaganda gap mavhum kuchlar, kosmik va boshqa tabiiy hodisalar, shuningdek g'ayrioddiy fenomenlar (taqdir,tanilmagan obyekt va sh.k.) haqida emas, balki ijtimoiy subyektlar sanalgan muayyan odamlar, individlar, ijtimoiy guruhlar va qatlamlar, siyosiy partiyalar yoki davlatlar haqida boradi. Gap aynan ijtimoiy (sotsial) konflikt haqida boradi, bunda ikki yoki undan ortiq individ yoki guruhning muayyan maqsadga erishish yo'lida bir-biriga halaqit berish, raqobatdoshining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 108.96 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 108.96 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga