Yuridik konfliktologiya fanining predmeti, shakllanishi va metodlari Reja: 1. Yuridik konfliktologiya fanining predmeti va Metodi 2. Konfliktlar to'g'risidagi qarashlarning yuzaga kelishi va hozirgi zamon konsepsiyalari. 3. Yuridik konfliktologiya fanining metodlari Konfliktologiya fani tushunchasi va predmeti. Konflikt hozirgi zamonga eng ko'p darajada xos bo'lgan tushunchadir. Ijtimoiy konfliktlar kundalik hayotimizda real voqelikka aylandi. Turli mamlakatlarda shaxtyorlarning ish tashlashlari, siyosiy rahbarlar va partiyalarning o'zaro kurashi, millatlararo va hududiy nifoqlar, jinoyatchilik dunyosidagi «yechimlar» deyarli doim odamlarni o'ylantirib qo'ymoqda, davlat va jamiyat hayotida butunlay yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Kishilar konfliktlar bilan tinimsiz «kurash olib boradilar», biroq ular kamaymay, balki ortib bormoqda. Ro'y berayotgan iqtisodiy, siyosiy va huquqiy institutlarning qayta tashkil etilishi turli-tuman konfliktlarning avj olish tendensiyalarining o'zgarishiga hozircha jiddiy ta'sir ko'rsatgani yo'q. Buyuk Britaniyalik konfliktolog tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, «Hozirda konfliktlarni hal qilishga ko'p kuch-g'ayrat sarflanmoqda. XX asr 80-yillarining oxiriga qadar bo'lib o'tgan urushlarning aksariyati mamlakatlar o'rtasida yuz bergan. Endilikda urushlarning ko'pchiligi fuqarolik va o'zaro urushlar bo'lib, qurbonlarning ko'pi tinch aholiga to'g'ri keladi. Ayni paytda ko'pincha erkaklar nobud bo'ladi, «bedarak yo'qoladi» yoki harbiy harakatlarda qatnashishga majbur bo'ladilar, ayollar, keksalar va bolalar ko'chib yurishga yoki qochoq bo'lishga majbur bo'ladilar. Ko'pchilik bu holatni dunyoda «bipolyar» tartib inqirozidan so'ng sovuq urushning tugashi hamda millatchilik va etnik o'z-o'zini anglashning tug'ilishi bilan tushuntiradilar. Sobiq Sovet Ittifoqi ta'sirining yo'qolishi ham kapitalizmning mavqeini ortishiga olib keldi, bu esa kishilarning demokratik jamiyatlar va iqtisodiy tizimlarni qurish yo'lidagi intilishlariga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Keyingi vaqtda Butun jahon banki va xalqaro valyuta jamg'armasi kabi xalqaro moliya institutlari ham qashshoq, ham boy mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida hal qiluvchi rol o'ynay boshladilar. Iqtisodning erkinlashuvi ko'pincha bu mamlakatlar ichkarisida ziddiyatlar va konfliktlarni chuqurlashtirdi. Ichki konfliktlar sonining ortishi ularning globallashuvi bilan birgalikda ularni alohida buyuk davlatlar nazoratidan chiqib ketishiga olib keldi, shuningdek, harbiy diktatura, siyosiy korrupsiya va iqtisodning kriminallashuvi kabi o'zaro bog'liq tendensiyalar chuqurlashuvining natijasi bo'lib qoldi. Bunga javoban majburiy konfliktlarni kamaytirish uchun ko'pgina amaliy va tadqiqotchilik tashabbuslari paydo bo'ldi. Hukumatlar ham, fuqarolik jamiyati ham ko'p sohalarda taraqqiyotga halaqit beruvchi yoki uni umuman to'xtatib qo'yuvchi muammolarning yechimini topishga urina boshladi. Yangi tadqiqotlar paydo bo'ldi va yangi atamalarni ishlab chiqish yuzasidan ishlar olib borildi1. Hozirda ko'pgina davlatlar inqirozlar, shu jumladan, ziddiyatli vaziyatlarni yengishga tayyor emaslar. XX asrning 80-yillariga qadar amal qilib kelgan jamiyatni konfliktsiz taraqqiyot modeli turli darajadagi davlat boshqaruvini yuzaga kelgan inqirozlar oldida kuchsizligini namoyish qildi. Bunda konflikt nazariyasining ishlab chiqilmaganligi va tegishli tajribaning yo'qligi ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Garchi aholining tartibli maqbul hayot tarzini jamiyat faqat kelishuv orqali ta'minlay ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
83.93 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
83.93 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:14 ]
Arxiv ichida: doc