Yuridik shaxs tushunchasi va uning turlarga bo'linishi

Yuridik shaxs tushunchasi va uning turlarga bo'linishi

O'quvchilarga / Huquq
Yuridik shaxs tushunchasi va uning turlarga bo'linishi - rasmi

Material tavsifi

Yuridik shaxs tushunchasi va uning turlarga bo'linishi R e j a : Kirish Asosiy qism . I bob . Yuridik shaxs tushunchasi , uning huquq va muomala layoqati. II bob . Yuridik shaxslarning vujudga kelishi va bekor bo'lishi asoslari hamda tartibi . II bob . Yuridik shaxslarning turlari . 3.1 Tijorat tashkilotlari va ularning turlari . 3.2 Tijoratchi bo'lmagan tashkilotlar va ularning turlari . Xulosa . I bob. Yuridik shaxslar tushunchasi, uning huquq va muomala layoqati. Fuqarolik huquqining mustaqil subyektlari sifatida fuqarolar huquqiy munosabatlarida qatnashish va shu munosabat bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo'lish layoqati faqat fuqarolargagina emas, balki yuridik shaxslarga ham beriladi deb ko'rsatiladi. O'z mulkida, xo'jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkiga ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarini bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo'lishlari kerak deyiladi. Ushbu berilgan ta'rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlar yuridik shaxs bo'la oladi. Yuridik shaxslarga qo'yilgan talablar quyidagilardan iborat: 1) tashkiliy birlik; 2) mulkiy mustaqillik; 3) mustaqil mulkiy javobgarlik; 4) Fuqarolik muomalasida o'z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo'lish. tashkiliy birlik- bu yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida tashkil bo'lganligini, muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo'lishini bildiradi. Yuridik shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi)ni ko'rsatadigan nizomi (ustavi) bo'lishi kerak. Bazi davlat muassasalari va davlat byudjetida bo'lgan boshqa davlat tashkilotlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa tashkilotlar ham alohida nizomga ega bo'lmay, mazkur turdagi tashkilotlar haqidagi umumiy nizom asosida ish olib borishlari mumkin. Yuridik shaxslarning ayrim filiallari (xo'jalik bo'limlari, uchastkalari, agentliklari) malum tizimga ega bo'lgan, muayyan tarzda tashkil etilgan bo'lsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona, muassasa) ishiniig bir qisminigina bajaruvchi tashkilotlar bo'lishi tufayli yuridik shaxs bo'la olmaydi. Masalan, universitetning bir fakulteti muayyan tartibda tashkil topib, ish olib borish tartibi kafedra a'zolari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, dekanning vakolatlari belgilangan bo'lsa ham yuridik shaxs hisoblanmaydi. Mulkiy mustaqillik- fuqarolik huquqining subyekti bo'lishi uchun yuridik shaxs hisoblangan har qaysi tashkilotning o'ziga xos mulki bo'lishi, har qaysi davlat tashkilotining o'ziga biriktirilgan mulki bo'lishini taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo'lishlari kerak (FKning 39-modda 2-bandi). Davlat tashkilotlari davlatga qarashli mulkni to'la xo'jalik yuritish yoki operativ ravishda boshqarish huquqigagina egadir, jamoa xo'jaliklari, boshqa kooperativ va jamoa tashkilotlari, ularning birlashmalari o'zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mulkni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.18 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.18 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga