Yuridik texnika va qonunlar sifatini oshirish muammolari

Yuridik texnika va qonunlar sifatini oshirish muammolari

O'quvchilarga / Huquq
Yuridik texnika va qonunlar sifatini oshirish muammolari - rasmi

Material tavsifi

Yuridik texnika va qonunlar sifatini oshirish muammolari MUNDARIJA KIRISh I BOB. YuRIDIK TYeXNIKA TO'G'RISIDAGI G'OYaLARNING VUJUDGA KYeLIShI VA RIVOJLANIShI Yuridik texnika to'g'risidagi g'oyalar genezisi Yuridik texnika tushunchasiga oid zamonaviy yondashuvlarning o'ziga xos jihatlari O'zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimini uyg'unlashtirishda yuridik texnikaning ahamiyati I bobga xulosa II BOB. YuRIDIK TYeXNIKANING MAZMUNI VA UNING MYeTODOLOGIK ASOSLARI 2.1. Yuridik texnikaning asosiy shakl va turlari 2.2. Yuridik texnikaning prinsip va qoidalari - huquq normalarining asosi sifatida 2.3. Yuridik texnika metodlari, vosita va usullarining mazmuni II bobga xulosa II BOB. O'zbekiston RYeSPUBLIKASIDA QONUNLAR SIFATINI OShIRIShDA YuRIDIK TYeXNIKANING ROLINI TAKOMILLAShTIRISh MASALALARI 3.1. O'zbekiston Respublikasida qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirishning amaliy jihatlari 3.2. O'zbekiston Respublikasida yuridik texnikani takomillashtirishning nazariy asoslari 3.3. Qonunlar sifatini oshirish - mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishning zarur sharti II bobga xulosa XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RUYXATI KIRISh Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida ilgari surgan jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish konsepsiyasi milliy qonunchilikning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Yangi parlament mustaqil O'zbekiston rivojlanishining ustuvor yo'nalishlari, shuningdek, jadal suratlarda o'zgarayotgan davr talablari nuqtai nazaridan islohotlarning huquqiy bazasini takomillashtirish borasidagi keng ko'lamli jarayonning markaziga aylandi. Shu tariqa qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifatli va asosli bo'lishiga erishish bilan bir qatorda, o'zaro mutanosiblik va muvozanatni saqlash bo'yicha samarali tizim yaratilmoqda. Ijtimoiy vazifalarni hal qilishning universal va samarali mexanizmi hisoblangan qonunlarga tayanish mamlakatimizda huquqiy fuqarolik jamiyatining bosh prinsipi - qonun ustuvorligi qaror topganligining yana bir ishonchli daliliga aylandi. Zero, hokimiyat qonunchilik tarmog'ining oliy organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar demokratiya andozalariga muvofiq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning asosiy vositalari, so'zsiz ro'yobga chiqarilishi lozim bo'lgan xalq xohish-irodasining jamuljam ifodasi hisoblanadi. So'nggi yillarda qonunchilik jarayonining faollashuvi munosabati bilan milliy yuridik fanimizning roli sezilarli darajada oshdi. Takidlash joizki, milliy yuridik fani mamlakatimizning bir qator ixtisoslashgan akademik va oliy ta'lim muassasalari tarkibiga kiruvchi ancha qudratli ilmiy kuchlarni o'z ichiga olgan. Ayni paytda qonun ijodkorligi jarayoni va huquqni qo'llash amaliyotini ilmiy jihatdan yanada sifatliroq va malakaliroq ta'minlash, yurisprudensiyaning nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadigan boshqa yo'nalishlarida tadqiqotlar olib borish nazarda tutilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlatni demokratlashtirish, jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va kishilar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi islohotlar, hech shubhasiz, o'zining ijobiy natijalarini bermoqda. Malumki, islohotlar - uzoq davom etadigan ko'p bosqichli jarayon. Samarali qonunchilik tizimini yaratish, uning so'zsiz bajarilishini ta'minlash, mansabdor shaxslar va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat va fuqarolarning huquqlari va burchlarini aniq belgilash islohotlar oldida turgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 268.74 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 268.74 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga