Yuridik texnikaning umumiy qoidalari

Yuridik texnikaning umumiy qoidalari

O'quvchilarga / Huquq
Yuridik texnikaning umumiy qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Yuridik texnikaning umumiy qoidalari Reja: 1.Yuridik texnika mazmunining tushunchasi. Qonun hujjatlarining mazmuni va tuzilishiga oid qoidalar. 2.Mantiq qoidalari. Til qoidalari. Rasmiy (rekvizit) talablar. Yuridik texnika tartib-taomillari. 3.Yuridik vositalar tushunchasi va umumiy tavsifi. 4.Yuridik texnikaning umumiy, texnik yuridik va maxsus vositalari. 5. Huquqiy simvollar. Yuridik terminlogiya. 2. Qonun hujjatlarining mazmuni va tuzulishiga oid qoidalar Yuridik texnika tushunchasining hozirgi talqinlari shu bilan tavsiflanadiki, ular mazkur tushunchaga qonunchilik texnologiyalari qismini kiritadi. Qonunchilik texnologiyalari (yunoncha: texnologiya - san'at, mahorat, ko'nikma haqidagi ta'limot) - yuridik amaliyotda yaratilgan qoidalar, usullar va vositalar bo'lib, ularning qo'llanilishi ma'lum ijtimoiy guruhlarga yoki butun jamiyatga zarur bo'lgan qonun hujjati yaratilishi va qabul qilinishini ta'minlaydi. Shuning uchun ham Yuridik amaliyot normativ ahamiyatga ega. U muayyan huquqiy qoidalarda o'z ifodasini topadi. Ijtimoiy-huquqiy ma'noda qonunchilik texnologiyalari yozilgan va yozilmagan qoidalar, usullar va vositalar bo'lib, ularning qo'llanilishi ma'lum ijtimoiy guruhlar yoki butun jamiyatga zarur bo'lgan qonunni tayyorlash va qabul qilishni ta'minlaydi. Shuningdek, ular qonun chiqaruvchilarga yoki jamoatchilik fikriga xuddi shu maqsadda ta'sir ko'rsatish metodlaridir. Tegishli adabiyotlarni tahlil qilish orqali yuridik texnika va qonunchilik texnikasi kabi atamalarga duch kelamiz. Shu o'rinda tabiiy bir savol tug'iladi, ya'ni bu ikki atamaning o'zaro farqi nimada, ular qamrab oladigan masalalar doirasi qanday? Bu atamalarning nomidan ham ko'rinib turibdiki, yuridik texnika tushunchasi qonunchilik texnikasi tushunchasidan kengroq. Zero, yuridik texnika bu - har bir mamlakatda vakolatli davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, rasmiylashtirish, amaldagilariga tegishli o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, eskilarini bekor qilishda hamda individual yuridik hujjatlar, ya'ni huquqni qo'llash hujjatlarini qabul qilish jarayonida foydalaniladigan uslublar, usullar, yo'llar va vositalar, shuningdek amaliy ko'nikmalar majmuidan iboratdir. Yuridik texnikaning eng muhim talablaridan biri bu - har bir yaratilgan qonun, eng avvalo mantiqiy muntazamlikka asoslangan holda, bir-biriga bog'liq va har biri oldingi normaning mazmunidan kelib chiqadigan normalar tizimidan iborat bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, har bir norma yaxlit bir tizimning mustaqil, biroq o'zigacha va o'zidan keyingi normalarga mazmunan bog'liq birligi sifatida joylashtirilishi lozim. Bunda, normativ-huquqiy hujjatning biron-bir normasi boshqa normaga mazmunan zid kelmasligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Har bir norma yagona tizimning bo'g'ini sifatida umumiy qonun hujjati yo'nalishiga mos kelishi lozim. Biroq bu fikr, bir normativ-huquqiy hujjat ichida ziddiyat bo'lmasa bo'ldi, degani emas, albatta. Alohida olingan normativ-huquqiy hujjat yaxlit qonunchilik tizimidagi barcha huquqiy normalarga zid kelmasligi lozim. Shu jihatdan olganda, huquqiy tizimda o'zaro ziddiyatlar bo'lmasligiga erishish muhim ahamiyatga ega. Huquq ijodkorligi - jamiyat va davlatning huquqiy ehtiyojlarini aniqlash va baholash, vakolatli subyetlarning huquqiy hujjatlarini belgilangan tartibda shakllantirishi va qabul qilishini qamrab oluvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 62.88 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 62.88 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga