Yuridik xizmatning huquqiy holati

Yuridik xizmatning huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
Yuridik xizmatning huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

Yuridik xizmatning huquqiy holati Reja: 1. Yuridik xizmat huquqiy maqomini belgilovchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar 2. Yuridik xizmat to'g'risidagi ichki nizomlar. Yuridik xizmat xodimlarining mansab yo'riqnomalari 3. Yuridik xizmat xodimlarining lavozimlarini egallash tartibi O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmat tizimi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining yuridik xizmati, Respublika va mahalliy davlat hamda xo'jalik boshqaruvi organlarining yuridik xizmati, viloyat, shahar, tuman hokimliklarining yuridik xizmati hamda xo'jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatidan iborat bo'lganligi uchun yuridik xizmatning huquqiy maqomi bir nechta qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yuridik xizmatining huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining 2005 yil 7 apreldagi farmoyishi bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni to'g'risidagi Nizomida belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yuridik xizmatining huquqiy maqomi esa O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005 yil 18 apreldagi Qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni to'g'risidagi Nizomda o'z ifodasini topgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik xizmatining huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining funksional bo'limlari to'g'risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida»gi Qarori bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Yuridik bo'limi to'g'risida»gi Nizom bilan belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 25 iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o'zgartirish to'g'risidagi PQ-131-sonli qaroriga muvofiq yuridik bo'lim Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga bo'ysunadi. Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari esa maqomiga ko'ra Bosh vazir o'rinbosariga tenglashtirilgan. Viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shahar hokimliklari yuridik xizmatining huquqiy maqomini belgilab beruvchi maxsus normativ-huquqiy hujjat mavjud bo'lmaganligi uchun ularning maqomi shu hokimliklar yuridik xizmati faoliyatini tartibga soluvchi ichki nizomlarda hamda mansab yo'riqnomalarida belgilab qo'yiladi. Shu bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 apreldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xo'jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to'g'risida gi 1998 yil 4 martdagi PF-1938-son Farmonining bajarilishini ta'minlash chora-tadbirlari haqidagi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 yanvardagi Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to'g'risidagi qarorlarida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 avgustdagi Toshkent shahar hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasini tasdiqlash to'g'risidagi qarorida muayyan darajada viloyat, Toshkent shahar hamda tuman va shahar hokimliklari yuridik xizmatining huquqiy maqomi belgilab qo'yilgan. Davlat boshqaruvi organlari va korxonalar yuridik xizmatining huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risidagi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 2 martdagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalardagi yuridik xizmat to'g'risidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 604.76 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 604.76 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga