Yuridik xizmatning mansabdor shaxslar va xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirishdagi roli Reja 1. Mansabdor shaxslar va xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish yo'llari 2. Yuridik xizmat tomonidan mansabdor shaxslar va xodimlarning o'rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish Demokratik huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy madaniyatni yuksaltirish alohida o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi lozim. Zero, mustaqillik so'zining zamirida ham katta, ulug' huquqqa ega bo'lish degan tushuncha yotadi. YA'ni, mustaqillik nafaqat o'zini erkin sezish, o'z hayotini qurish, balki o'z hayot-mamotini hal etishda katta huquqqa egalik ham demakdir. Mansabdor shaxslar va xodimlarning huquqiy madaniyati deganda, ularning huquqni bilishi, tushunishi hamda uning qoidalarini anglagan holda bajarishlari tushuniladi. Ularning huquqiy madaniyati asosiy yuridik bilimlarni o'zlashtirganliklarida, qonunni hurmat qilishida, huquq normalarini ongli ravishda bajarishlarida, yuridik javobgarlikni tushunishlarida hamda huquqbuzarlikka qarshi kurashning muqarrarligini anglashlarida namoyon bo'ladi. Mansabdor shaxslar va xodimlarning huquqiy madaniyati va bilimlarini oshirish huquqni tashviqot qilish hamda qonuniylikni amaliy jihatdan mustahkamlash vositalari orqali ro'yobga chiqariladi. Mustaqillik yillari mobaynida aholining, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 1997 yil 29 avgustda Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi qabul qilindi. Ushbu Milliy dasturda fuqaro, jamiyat va davlatning o'zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirish; ularning huquqiy ta'limi va huquqiy tarbiyasini takomillashtirish; davlat organlari xodimlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish; yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish kabi masalalar o'z aksini topgan. Huquqiy madaniyatning huquqiy ongdan farqli jihati - huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo'lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va ularga bo'ysunish madaniyati ham demakdir. U odil sudni hurmat qilish, o'z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Agar xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish orqali jumladan, qonunchilik va lokal hujjatlarga, (masalan, ichki mehnat tartibi qoidalariga) rioya qilinishiga erishilsa, mansabdor shaxslarning huquqiy madaniyatini oshirish orqali esa jumladan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi oldi olinishiga ham erishiladi. Mansabdor shaxslar va xodimlarning huquqiy madaniyati oshirishda yuridik xizmat huquqiy tarbiyaning quyidagi shakllaridan keng foydalanadi: huquqiy ta'lim (o'qitish yoki o'qish); huquqiy targ'ibot (og'zaki va ommaviy axborot vositalari orqali); qonunlar va yuridik amaliyotning tarbiyaviy ta'siri; huquqiy tashviqot; huquqiy axborot berish; shaxsiy huquqiy tarbiyaviy ish. 2. Yuridik xizmat tomonidan mansabdor shaxslar va xodimlarning o'rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish Huquqiy madaniyatga erishishning asosiy yo'nalishlaridan biri - huquqiy tarbiyadir. Yuridik adabiyotlarda huquqiy tarbiya tushunchasiga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.32 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.32 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:15 ]
Arxiv ichida: doc