Yuristning kasb etikasi fanining predmeti, мaqsadi va vazifalari Reja: 1. Yuristning kasb etikasi fanining predmeti. 2. Yuristning kasb etikasi fanining maqsadi. 3.Yuristning kasb etikasi fanining vazifalari. Kirish Mavzuning avvalida yurist va etika tushunchalari haqida to'xtalib o'tishlik lozim bo'ladi. Yurist tushunchasi o'ta keng bo'lib o'z ichiga ko'plab kasblarni qamrab oladi. Yuristning faoliyati ezgulikga, inson manfaatlariga daxldor bo'lib, ko'pchilik hollarda ularning shaxsiy hayotiga kirib borish bilan bog'liq bo'ladi, inson taqdiriga ta'sir qiladigan ba'zan ularning huquqlarini cheklash, qarorlar qabul qilish bilan bog'liq bo'ladi. Odob muammolari va qoidalari yurist bilan himoyasi ostidagi shaxs, protsessning boshqa ishtirokchilari, hamkasblari, davlat organlari va umuman jamiyat a'zolari bilan munosabatlarga daxldor bo'ladi. Har bir yuristga kasbining axloqiy jihatlarini va muammolarini o'rganishi mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilayotgan, qonunchilik o'z kasbining ustasi bo'lgan yuristga - sud'yaga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga, notariusga mustaqil qarorlar qabul qilish vakolatini bergan holatda juda muhim hisoblanadi. Ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlar nafaqat qonuniy balki asoslantirilgan va adolatli ham bo'lishi talab qilinadi. Buning uchun esa yurist odob normalarini yaxshi tushinishi va hayotda qo'llay bilishi kerak. Etika haqida, etika fani va uning tarixi haqida qisqacha quyidagilarni aytib o'tish mumkin. Etika so'zi qadimgi grek etos so'zidan kelib chiqqan bo'lib, joylashgan joy, birgalikda yashaydigan makon ma'nosini bildiradi. Eramizdan oldingi IV asrda Aristotel yaxshi fazilatlilarni o'rganadigan fanni ifodalash uchun yangi etika sifatini yaratdi. Shunday qilib, etika fan sifatida 20 asrdan ko'proq mavjud. Zamoaviy tushunchada etika bu inson, jamiyat harakat faoliyatining muhim tomonlaridan hisoblangan odob-ahloqni o'rganadigan filosofik fandir. Ya'ni etika fan sifatida ahloqni, uning mohiyatini, tabiyatini va tizimini, paydo bo'lishi va rivojlanishini, boshqa ijtimoiy munosabatlar orasida tutgan o'rnini o'rganadi, ma'lum axloqiy tizimni nazariy asoslab beradi. Demak etika -axloq haqidagi filosofik ta'limot, odob-axloq qoidalari, normalari hisoblanadi. Mamlakatimizda demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi, ya'ni uning ikki tomoni huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilishi jadal tarzda davom etmoqda. Аytish mumkinki, - deydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. А. Karimov, - huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati demokratiyaning o'zaro uzviy bog'liq bo'lgan ikki jihati, ikki qanotidir. Аynan shu bois biz Кuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari kontsepsiyasini ishlab chiqdik va bu g'oyani izchil amalga oshirish masalasiga birinchi darajali ahamiyat qaratib kelmoqdamiz. Fuqarolik jamiyatidagi asosiy masala inson huquqlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini kafolatlash hisoblanadi. Bu vazifani esa davlat amalgam oshiradi. Ushbu jarayon bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri - fuqarolik jamiyatiga mos hamda faol kishilarni tarbiyalab yetishtirishni ham taqazo etmoqda. Yuristning kasb etikasi o'quv kursining ahamiyati shundan iboratki, u orqali umuminsoniy va milliy ahloqiy va estetik qadriyatlarni sohaga, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.45 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.45 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:15 ]
Arxiv ichida: doc