Yuristning kasbiy faoliyatidagi etiketi Reja: 1. Xizmat etiketining tushunchasi, mazmuni va axloqiy tamoyillari. 2. Yuridik etiketning turlari va o'ziga xos xususiyati. Xizmat etiketining tushunchasi, mazmuni va axloqiy tamoyillari. Etiket (frants. etiquette) bu - o'zaro insoniy munosabatlarning tashqi ko'rinishlarini tartibga soluvchi o'rnatilgan xulq-atvor tartibi, ya'ni atrofidagilar bilan muloqatda bo'lish, murojaat qilish va salomlashish, jamoat joylarida o'zini tutish, xatti-harakat va qiyinish kabilarni o'z ichiga oladi. Xizmat etiketi bu - insonning kasbiy xatti-harakati axloqining muhim tomoni hisoblanadi. Xizmat etiketini bilishlik zarur kasbiy sifat bolib, uni qo'lga kiritish va doimo takomillashtirib borishni taqozo etadi. Xizmat muomalasi etikasi bu - fan, amaliyot va jahon tajribasi tomonidan ishlab chiqilgan axloqiy-etik talablar, tamoyillar va norma va qoidalar bo'lib, ularga rioya qilishlik xizmat muommolasi subyektlarining bir-birlarini tushunishlarini va o'zaro ishonchlarini ta'minlaydi va pirovard natijada munosabatlarining yaxsilanishiga va ijobiy natijalarga erishishlariga olib keladi. Xizmat muomalasi muayyan axloqiy tamoyillarga asoslanadi va ulardan quyidagilar muhimlari hisoblanadi: Birinchidan, xizmat etiketi asosida ish manfaatlari yotadi, aslo shaxsiy manfaatlar emas. Ushbu tamoyilning ko'pincha buzilishi yuz beradi. Masalan, siz huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimisiz va siz tomoningizdan murojaat qilgan shaxsga yuridik yordam ko'rsatildi, uning huquq va imkoniyatlari tushuntirildi, natijada u muammoni sizning foydangizga hal qilmasligi mumkin, indamasdan qo'ysangiz ham bo'lardiku. Aksincha, o'zining kasbiy, yuridik layoqatliligini, shuningdek xizmat muomala uslublarini o'zining g'araz niyatlari uchun ishlatish axloqsis xatti-harakat bo'lgan bo'lar edi. Ikkinchidan, vijdonlilik bu - nopok qiliq yoki xatti-harakatlarni sodir etishga qodir emaslik bo'lib, unga ko'ra hatto harakatsizlik yoki jim turish nopok hisoblanadi, o'z sha'nini doimo dog' tushirmagan holda saqlashga intiladi, har qanday kishi bilan suhbatda uning xizmat va ijtimoiy ahvolidan qat'i nazar o'zini bir xilda tutadi, axloqan qattiyatli, har qanday vaziyatda ham o'z tamoyillaridan voz kechmaydi, mas'uliyatni, javobgarlikni doimo his qiladi, o'z so'ziga sodiq qoladi. Uchinchidan, xayrixohlik, ya'ni boshqalarga yaxshilik istash insonning hayotiy faoliyatining ijtimoiy sohasini kengaytiradi, bunday yondoshmaslik esa uning oylik to'lanadigan xizmat doirasidagi ko'rsatmalarnigina bajarish bilan cheklanib qolishga olib keladi. Xayrixohlik esa insonda nafaqat bajarishi kerak bo'lgan, balki insonlar manfaati uchun unga buning ushun oylik olmasada insoniy hurmat va ruhiy ozuqa oladigan qo'shimcha xizmat qilishlik hissini uyg'otadi. To'rtinchidan, asoslilik, uzrlilik, ya'ni muomaladagi sherigining qadr-qimmatini hurmat qilish va bu xushmuomalalik, odoblilik, g'amxo'rlik, nazokat, muloyimlik kabi axloqiy sifatlar bilan amalga oshriladi. Har qanday axloqiy tamoyil o'zining axloqiy mohiyatidan tashqari ishchanlik maqbulligiga ham ega. Bu quydagi misolda aynan ko'rinadi. Rus flotida mas'uliyatli yig'ilishlarda birinchi bo'lib so'zni yoshlarga berish tartibi o'rnatilgan edi. Shunday bo'lsada agar ularning fikri kattalarning fikriga zid, ularni uyaltiradigan va noqulay ahvolga solib qo'yadigan hollarda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.01 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.01 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:15 ]
Arxiv ichida: doc