Yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi - milliy taraqqiyotning strategik maqsadi

Yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi - milliy taraqqiyotning strategik maqsadi

O'quvchilarga / Huquq
Yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi - milliy taraqqiyotning strategik maqsadi - rasmi

Material tavsifi

Yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi - milliy taraqqiyotning strategik maqsadi Reja: 1. Taraqqiyotning «O'zbek modeli» - Vatan ravnaqi, yurt tinchiligi, xalq farovonligi strategiyasidir 2. O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi - milliy taraqqiyotning sharti va omili. 3. Strategik g'oyalarni amalga oshirishning ma'naviy-mafkuraviy asoslari. Tayanch tushunchalar: milliy taraqqiyot strategiyasi, strategik imkoniyat, strategik vazifalar, taktika, istiqbol strategiyasi, jahon hamjamiyati, integratsiya, globallashuv. Har qanday tarixiy davrda, har bir mamlakatda: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g'oyasi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy rivojlanish darajasini belgilashda mushtaraklashgan universal mezon hisoblanib, millat, elat va xalqlarning tarixiy shakllangan mentalitetiga, manfaatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g'oyasi bilan bevosita bog'liq va uning mazmunini ifodalaydigan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-madaniy hodisalar rivojlanishining obyektiv shart-sharoitlarini, subyektiv omillarini, chuqur o'rganish hamda nazariy-kontseptual asoslarini ishlab chiqish g'oyat dolzarb ilmiy muammodir. O'zbekiston xalqining milliy g'oyasi va mustaqillik falsafasining asoschisi Islom Karimovdir. Xususan, ilmiy-kontsetstual jihatdan mamlakatimiz milliy taraqqiyot yo'lini, ozod va obod yurt tinchligining istiqbollari strategiyasi hamda taktikasini asoslab berish, mustaqillik yillarida qo'lga kiritilgan katta muvaffaqiyatlarning amaliy tajribalari bevosita Islom Karimov nomi bilan bog'liq bo'lib, Vatan va millat oldidagi buyuk xizmatlaridir. Umuman insoniyat tarixiy taraqqiyoti tajribasi, xususan mustaqil O'zbekiston rivojlanishining «o'zbek modeli» teran ilmiy-falsafiy tafakkur natijasidir. Darhaqiqat, ijtimoiy-siyosiy fikrlar tarixida qiyosi bo'lmagan «besh tamoyil»ning ishlab chiqilishi va izchil amalga oshirilishi umuminsoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotini muhim nazariy xulosalar va amaliy tajribalar bilan boyitishga olib keldi. Biz bu tamoyillarning yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g'oyasi bilan bog'liqlik jihatlarini ko'rib chiqadigan bo'lsak, ularning mavjudligi va rivojlanishidagi obyektiv-subyektiv omillar hamda shart-sharoitlari birligi yaqqol namoyon bo'ladi. Birinchidan, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi tamoyili, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligini ta'minlaydigan ijtimoiy-siyosiy omillar tarkibidagi iqtisodiy determinizm g'oyalaridan tubdan farq qiladi. Zero, mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat oldida turgan vazifalar tizimi va ularni hal qilish ketma-ketligi nuqtai nazaridan iqtisodiyotni rivojlantirish, birinchi navbatda kun tartibiga qo'yildi. Chunki, iqtisodiyotni mustabid tuzumdan meros qolgan totalitarizm, volyuntarizm, subyektivizmga asoslangan hukmron kommunistik g'oya va mafkuraning, siyosiy tizimning iskanjasidan xalos qilmasdan, Vatan ravnaqini, yurt tinchligini, xalq farovonligini ta'minlaydigan demokratik islohotlarni amalga oshirish mumkin emas edi. Islohotlarning birinchi bosqichida O'zbekistonning milliy tarixiy taraqqiyot xususiyatlarini, demografik-etnografik, madaniy sturukturasini, ishlab chiqarishning mustabid tuzum sharoitida shakllangan tarkibiy tuzilishini hap tomonlama etiborga olib, iqtisodiyotni erkinlashtirishdan iborat islohotlar - ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni jamiyatning obyektiv qonuniyatlari asosida tashkil qilishi, unda inson omilining rolini oshirish - barqaror rivojlanishning zaruriy sharti edi. Bunda «eng muhim ustuvor masala - bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shu asosda aholi bandligini va farovonligini oshirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.2 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.2 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga