Yuzlashtirish va so'roq qilish, qo'lga ushlash psixologiyasi

Yuzlashtirish va so'roq qilish, qo'lga ushlash psixologiyasi

O'quvchilarga / Huquq
Yuzlashtirish va so'roq qilish, qo'lga ushlash psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Yuzlashtirish va so'roq qilish, qo'lga ushlash psixologiyasi Режа: Yuzlashtirish psixologiyasi. Guvoh va jabrlanuvchilarni so'roq qilish psixologiyasi. Shubhalanuvchi va ayblanuvchilarni so'roq qilish psixologiyasi. Yuzlashtirish psixologiyasi Yuzlashtirish - muqaddam alohida - alohida so'roq qilingan shaxslarni ularning ko'rgazmalaridagi ziddiyatlar, noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida birgalikda so'roq qilishdan iborat tergov harakatidir. Yolg'on ko'rgazma berayotgan shaxsni fosh etish uchun muayyan tarzda ta'sir ko'rsatish zaruriyati tug'iladi, yuzlashtirishning maqsadi ham shunda, haqiqatni isbotlashdir. Yuzlashtirishda tergovchining roli juda murakkab va muhim ahamiyatga ega. U yuzlashtirishni o'tkazishga shunday tayyorgarlik ko'rishi kerakki, haqiqat yolg'on ustidan tantana qilsin. Yuzlashtirish natijasida ikki guruh omillar ta'sirini o'tkazadi. Birinchisiga, yuzlashtirilayotgan kishilarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini e'tiborga olgan holda, ko'rgazmalaridagi ziddiyatlarning sababini aniqlab beruvchi omillar kiradi. Ikkinchidan, bunday ziddiyatlarga yuzlashtirishga kelganlardan birining yoki ikkalasining ko'rgazmalari avval-boshdanoq uydirmaligi sabab bo'lishi mumkin. Bunday hollarda tergovchi uydirma ko'rgazmalarning motivini bilmog'i zarur, ular esa xilma-xil bo'lishi mumkin: jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish yoki yengilroq jazo olishga intilish, sheriklarni aytib qo'yishni istamaslik, qarindoshlik hislari, o'ch olishlaridan qo'rqish, pulga sotilish, uyat, soxta sadoqat - tuyg'usi kabilar shu jumladandir. Yuzlashtirishni o'tkazadigan vaqtni tanlashning ahamiyati katta. Uni o'tkazishda shoshqaloqlik qilmaslik, kechikmaslik muhimdir. Yuzlashtirishni o'tkazishga tayyorgarlik saviyasi alohida ahamiyatga ega. Tayyorgarlikni tergovchining tashkiliy-texnikaviy, hamda barcha qatnashchilarning psixologik hozirligi, deb tushunmoq lozim. Tergovchi yuzlashtirishda vijdon amri bilan qatnashayotgan shaxsning ko'nglini xotirjam qilishi, jinoyatchi tomonidan xavf-xatar, xatti-harakatlarning sodir etilmasligiga kafolat berishi kerak. Yuzlashtirish qatnashchilarini shartli ravishda vijdonan hamda vijdonsizlarcha (yolg'on) ko'rgazma beruvchi, deb olinadi. Tergov amaliyotining tahlili shundan dalolat beradiki, yuzlashtirish yolg'on ko'rgazma berayotgan kimsa uchun kutilmaganda, to'satdan o'tkazilishi eng yuqori samara beradi. Yuzlashtirishni o'tkazishdan avval tergovchibarcha materiallarni (hisob-kitob hujjatlari, suratlar, bayonnomalardan ko'chirmalar, daliliy ashyolar) taxt qilib qo'yishi kerak. Yuzlashtirishdan avval tergovchining fikrlari tiniq, kayfiyati soz, tergov harakatining ijobiy natijasiga ishonchi komil bo'lishi lozim. Har ikkalasi ham baravariga yolg'on ko'rgazma berayotgan ikki jinoyatchi o'rtasida yuzlashtirishni o'tkazish tergovchi uchun murakkab bo'lib, katta mas'uliyatni talab qiladi. Yuzlashtirish haqiqatni ataylab, qasddan buzib ko'rsatishga uringan, ko'rgazmalari uydirmadan iborat shaxslarga katta ta'sir kuchiga ega. Yuzlashtirish ko'pincha ularning tergovdagi xulq-atvorini keskin o'zgartirib yuboradigan hal qiluvchi bosqich rolini o'taydi. Yuzlashtirish odatda tergovchining xizmat xonasida o'tkaziladi. So'roq qilinayotganlarni doimo tergovchi ko'z o'ngida bo'ladigan tarzda o'tkazilishi darkor. Yuzlashtirishning ta'sir kuchi yana shundaki, unda «ko'zning ko'zga tushish samarasi» yashiringan. Yuzlashtirish chog'ida faqat tergovchi qarshisida emas, so'roq qilinayotgan taniydigan yana bir kishi qarshisida ko'rgazma beriladi. 2. Guvoh va jabrlanuvchilarni so'roq qilish psixologiyasi. Jinoyatni ochishda guvoh va jabrlanuvchilarni so'roq qilish muhim ahamiyatga ega. Ularni so'roq qilishga tayyorgarlikning psixologik jihatlari quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: ish materiallari va aniqlik kiritilishi lozim bo'lgan masalalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.07 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.07 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga