Zamonaviy xalqaro huquqda aholi Reja: 1.xalqaro huquqda aholi tushunchasi. 2.Fuqarolik va fuqarolikka ega bo'lish. 3.Fuqarolikni yo'qotish va fuqarosizlik. 4.Chet el fuqarolari. 5.Mehnatkash-migrantlarning maqomi. 5.Qochoqlar maqomi. 7.Boshpana huquqi xalqaro huquqda aholi tushunchasi Aholi deganda, ma'lum bir davlat hududida yashab kelayotgan va ushbu davlatning yurisdiksiyasi ostidagi barcha jismoniy shaxslar nazarda tutiladi Ma'lum hududda yashab kelayotgan jismoniy shaxslar mazkur davlatda ega boMgan o 'z huquqiy maqomiga ko 'ra turli kategoriyalarga tasniflanadi: 1. Fuqarolar; 2. Chet el fuqarolari, y a'ni boshqa davlat fuqarolari bo 'lgan jismoniy shaxslar; 3. Apatridlar, y a'ni fuqarolikka ega bolmagan shaxslar; 4. Bipatridlar, ya'ni ikki fuqarolikka ega bo'lgan shaxslar. Lekin Latviyada, yana bir maxsus maqomga ega aholi kategoriyasi mavjud, ya'ni fuqaro emaslar. Ushbu qo'shimcha maqom dunyo bo'yicha faqat Latviyada bor va fuqaro emaslar turkumiga 400 mingga yaqin rus millatiga mansub jismoniy shaxslar kiradi. Ular asosiy siyosiy va fuqarolik huquqlariga ega emaslar. Ushbu holat xalqaro huquq normalariga zid. albatta. Ma'lumki, SBSEning 1989-yilgi Vena Yakunlovchi hujjati va 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to 'g 'risidagi xalqaro Paktga binoan, har bir davlatning milliy, y a'ni ichki qonunchiligi xalqaro huquqning normalariga moslashtirilishi lozim Masalan, O'zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi xalqaro huquq normalariga mos ravishda yaratilgan, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida aks ettirilgan normalarga muvofiqlashtirilgan. Fuqarolik va fuqarolikka ega bo'lish Fuqarolik - bu jismoniy shaxs va davlatning bir-biriga nisbatan mavjud | boMgan huquq va majburiyatlariga asoslangan uzluksiz huquqiy bog'liqligi Har bir davlat o'z qotiunchiligida (o'z Konstitutsiya va boshqa normativ-huquqiy aktlarida) ushbu huquq va majburiyatlarni alohida belgilagan. Masalan, 1992-yilgi 0 'zbekiston Respublikasining O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to 'g 'risida':gi Qonun va boshqalar. O'zbekiston Respublikasining fuqarolik to 'g'risidagi qonunlari O 'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul etilgan ushbu Qonundan va 0 'zbekiston Respublikasining shu Qonunga muvofiq chi qari lad igan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Mazkur Qonunning 1-moddasiga ko;ra 0 'zbekiston Respublikasining Fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o 'zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. Fuqarolikka ega bo'lish usullari ikkita asosiy guruhga bo 'linadi. Birinchi guruhda fuqarolikka ega boMish sabablari quydigicha: - tug'ilganligi uchun; - naturalizatsiya, y a 'ni fuqarolikka qabul qilinganligi uchun. Ikkinchi guruh esa in'om etish yoki istisno tariqasida: - trasfert (katta aholi guruhlariga avtomatik ravishda fuqarolikni taqdim etish); - optatsiya (fuqarolikni tanlashda); - reintegratsiya (fuqarolikni tiklashda); - fuqarolikni in'om etishda. Ko'pchilik davlatlar o'z qonunchiliklarida ikki prinsipni ham qo'llaydi. Misol uchun, nafaqat o 'z fuqarolarini farzandlari uchun, balki ma'lum holatlarda chet elliklaming farzandlariga ham fuqarolik taqdim etish mumkin bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to 'g ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
313.67 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
313.67 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:15 ]
Arxiv ichida: pptx