Zamonaviy xalqaro huquqda subyektlar Reja: 1. xalqaro huquq subyektliligi tushunchasi va mazmuni. 2. xalqaro huquqning birlamchi va ikkilamchi subyektlari. 3. Davlat xalqaro huquqning subyekti sifatida. 4. Oddiy (unitar) va murakkab davlatlaming xalqaro huquq subyektliligining o'ziga xos xususiyati. 5. Doimiy betaraf (nevtral) davlatlaming huquq subyektliligi. Millat va xalqlaming xalqaro huquq subyektliligi. Davlatga monand tuzilmalaming xalqaro huquq subyektliligi masalalari. xalqaro tashkilotlarning huquq subyektliligi. Jismoniy (individ) va yuridik shaxslaming xalqaro huquq subyektliligi to'g 'risidagi masalalar. xalqaro huquq subyektliligi tushunchasi va mazmuni xalqaro huquq subyektliligi - bu u yoki bu tuzilmaning unga xalqaro huquq subyekti maqomini beruvchi yuridik xossasidir. xalqaro huquq subyektliligi mazmuni o 'zi ichiga huquq ya majburiyatlarga ega bo'lish layoqati, xalqaro-huquqiy normalarni buzgan taqdirda javobgar boMish kabi elementlami o'z ichiga oladi. xalqaro huquq subyektliligi xalqaro huquq subyekti bo 'lgan tuzilma o 'z huquqlarini uning huquqi buzilgan taqdirda d a'vo qilish yo 'li orqali o 'z huquqlarini himoya qilish layoqatiga egaligini taqozo qiladi. Boshqacha qilib aytganda, xalqaro huquq subyektliligi xalqaro huquq subyektlarini javobgarlikka tortish imkoniyatini ham nazarda tutadi. xalqaro huquqning barcha subyektlari tegishli huquq va majburiyatlarga ega. | Ushbu xususiyat huquq subyektliligi deb nomlanadi. Qator xalqaro shartnomalaming rus tilidagi matni asliga to 'g 'ri bo'lib, bunda huquqiy layoqat termini ham uchraydi. Haqiqatdan ham, xalqaro shartnomalar huquqi to 'g'risidagi Vena konvensiyasining 6-moddasiga muvofiq har bir davlat shartnomalar tuzish uchun huquqiy layoqatga egadir. Bunda huquqiy layoqatni shartnomalar tuzishga qonuniy huquqqa egalik sifatida tushunish lozim bo'ladi. Hamda bu huquqiy layoqat xalqaro huquqdan kelib chiqadi. xalqaro huquq subyekti - bu xalqaro huquqdan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga ega boMuvchi, uni himoya qiluvchi hamda xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarga kirishuvclii hisoblanadi xalqaro huquq subyektlari shunday namoyon bo'ladiki, unda subyektlar xalqaro huquq bilan tartibga soiinadigan xalqaro munosabatlarga kirishadilar. Huquqiy munosabat faqatgina subyektlar o'rtasida vujudga kelishi mumkin. Huquq subyekti ikkita asosiy tarkibiy elementni o 'z ichiga oladi: birinchidan, huquqqa egalik layoqati va majburiyami bajarish (huquqiy layoqat), ikkinchidan. mustaqil tarzda huquqni amalga oshirish va majburiyatni ado etish (muomala layoqati). xalqaro huquq subyektlari ikkita asosiy toifaga bo'linadilar, bular - asosiy (birlamchi) va hosila (ikkilamchi). xalqaro huquq subyektlari orasida millatlar va xalqlar alohida o'rin egallaydilar. Biroq hamma xalq va millatlar ham xalqaro huquq subyektliligiga ega bo'la olmaydilar. xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, faqat o'z davlatini tuzish maqsadida mustaqillik uchun kurashayotgan mustamlaka qaramligida bo'lgan millat va xalqlar ulami xalqaro huquq subyektivlik deb tan olishlari uchun da'vogarlik qilishlari mumkin. 1986-yilgi xalqaro tashkilotlar va davlatlar o 'rtasida yoki xalqaro tashkilotlar o 'rtasidagi shartnoma huquqi to'g'risidagi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
57.56 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
57.56 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:15 ]
Arxiv ichida: pptx