Zo'rlik alomatlari mavjud murda topilganda o'tkaziladigan tergovning alohidaligi Reja: 1. Hodisa joyini va murdani ko'zdan kechirish 2. Sud - tibbiyot ekspertizasini tayinlash va o'tkazish 3. Keyingi navbatda o'tkaziladigan tergov harakatlari Qotillik jinoyatlarini tergov qilishning o'ziga xoslik xusu-siyatlari jinoiy ishning qo'zg'atilishiga asos bo'lgan holatlarga bog'liqdir. Marhumning tanasida zo'rlik alomatlari, jarohatlar mavjud bo'lgan hollarda jinoiy ishning qo'zg'atilishiga shuning o'zi etarli bo'ladi. Murda tanasidagi jarohatlar, ularning xarakteri, qanday quroldan etkazilganligi, qachon va kim tomonidan sodir etilganli-gini va boshqa holatlarni aniqlash bu guruhdagi jinoyatlarni ter-gashlikning asosiiy vazifasidir. Qotillik jinoyatlarining mazkur turini tergov qilishda bi-rinchi navbatda jabrlanuvchining jasadini, uni topilgan joyida ko'zdan kechirishdan boshlanadi. Hodisa joyini tekshirish umumiy obzor (kuzatish)dan boshla-nadi. Murdaning holati, uning atrofida yonida qanday predmet, qurol va boshqa narsalar borligi, qon izlari, ularning miqdori, shakli qaerda, qanday hosil bo'lganligi haqida umumiy versiya yuri-tiladi. Murdani ko'zdan kechirishda tahliliy bo'lsada quyidagi masala-lar aniqlanadi: -Jinoyatning sodir bo'lgan va o'lim yuz bergan vaqti va uning sa-babi; -Jarohatlarning soni, tananing qaysi qismida va qaysilari o'limga sabab bo'lgan; -Jarohatlarning xarakteriga ko'ra qanday quroldan etkazilgan-ligi; -Murda alomatlari va uning holati, kiyimlari, shaxsiy buyum-lari, hujjat va predmetlar; -Shaxsiy hujjatlari mavjud bo'lgan holda, murdaning shaxsi aniqlanishi; aks holda tanib oluvchilar yodamida aniqlash; -Jinoyatni sodir qilganlar shu joyda qancha vaqt bo'lganligi; -Jinoyatchilar necha kishi (bir yoki bir necha) bo'lgan; -Qotillikning motivlari va maqsadi; -Jinoyatchilarning hodisa joyiga kelish-ketish yo'llari va boshqa holatlar. Murdani ko'zdan kechirish uning shaxsini aniqlashdan boshlana-di, uning yonida shaxsiy hujjatlari bo'lmasa tezkor xodimlari yor-damida surishtiruv-og'zaki ma'lumot olish bilan aniqlanadi. Shu-ningdek, atrofdagilardan surishtirilib kim ko'rdi, kim eshitdi hodisa haqida, jinoyat sodir qilgan shaxs haqida ma'lumot olinadi, yani guvohlar kimlar ekanligi aniqlanib, shubhalanuvchi haqida uning tashqi qiyofasi, shaxsi haqida ma'lumotlar to'planadi. Murdani ko'zdan kechirish uni avvalgi holini o'zgartirmasdan statik metod bilan kuzatiladi, bunda uning holati, qo'l-oyoqlar, bo-shi, ust kiyimlarining holatlariga etibor beriladi. Ko'zga tashla-nuvchi jarohatlar, tanada kiyimlar ustida, oyoq-qo'l, bosh qismida-gilar aniq joyi va jarohatlarning turi, qanday qurol bilan etka-zilganligi taxminan belgilanib versiya tuziladi. Murda atrofida qanday obyekt-predmetlar borligi ularning holati ag'darilgan, sin-gan, qurol sifatida yoki himoya vositasi bo'lib ishlatilganligi, ko'zga tashlanuvchi izlar, ayniqsa qon izlari, ularning shakli hosil bo'lish mexanizmi, (sachrash, surkalish, oqib tushgan va boshq.) bo'yicha shakli va turiga etibor beriladi. Statik metod bilan obyektlarning, shuningdek, jabrlanuvchi-ning jasadini avvalgi-asl holatini o'zgartirmasdan tekshirilgan-dan so'ng dinamik metod bilan, yani murdaning holatini o'zgartirib, yon tomonlari, ostki qismi, kiyimlari to'sib turgan tana qismlari va hokozolar malum oldinma-ketinlik bilan tekshiriladi. Kiyim ostidagi jarohatlarning turi, ko'zdan kechirishda qatnashayotgan sud tibbiyot mutaxassisi yordamida versiyalar tuziladi. Murda atrofidagi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:21:09
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.98 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.98 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:15 ]
Arxiv ichida: doc