Zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarda voyaga yetmagan jabrlanuvchilarni ijtimoiy himoyalash

Zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarda voyaga yetmagan jabrlanuvchilarni ijtimoiy himoyalash

O'quvchilarga / Huquq
Zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarda voyaga yetmagan jabrlanuvchilarni ijtimoiy himoyalash - rasmi

Material tavsifi

Zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarda voyaga yetmagan jabrlanuvchilarni ijtimoiy himoyalash Malumki, shaxsning axloqiy va xulqiy xususiyatlari, uning dunyoqarashining shakllanishi va xarakteriga yomon ta'sir qiladigan jamiyat hayotda mavjud bo'lgan kompleks salbiy hodisalar va voqealar natijasida o'zgarib turadi. Jinoyatdan jabr ko'rganlarni tushunish uchun uni boshqa shaxslar bilan bo'ladigan aloqalariga alohida to'xtalib o'tish lozimdir. Voyaga yetmaganlarning zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarda jabrlanuvchi bo'lib qolishlarida ijtimoiy muhitning o'rni juda kattadir. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar o'rtasida bu turdagi jinoyatlarning jabrlanuvchisi bo'lib qolganlik shart-sharoitlarini tadqiq qilish bo'yicha oldimizga qo'yilgan vazifaga muvofiq bu muammoni hal qilishda voyaga yetmaganlar shaxsini chuqurroq o'rganib chiqish zaruriyati ham vujudga keladi. Shuni alohida takidlash kerakki, shaxsdagi jamiyatdagi xilof xususiyatlar u jinoyat sodir etish paytidan birdaniga paydo bo'lib qolmay, balki bundan ancha oldin ham shakllangan bo'ladi. Kriminologlarning tadqiqotlariga ko'ra, o'smirlar va yoshlar jinoyatchiligiga va ularning jabrlanuvchi bo'lib qolishlariga 200 ga yaqin omil ta'sir qiladi. Bularning eng asosiysi- bola yashayotgan oilaning ta'siridir. Jabrlangan voyaga yetmagan o'smir yoshlarga ham, ko'p hollarda jabrlanuvchi bo'lib qolishlariga ijtimoiy muhit o'z ta'sirini o'tkazadi. Jumladan, shaxsning xulqida jamiyatga xilof xususiyatlarining shakllanishi ko'proq oilada sodir bo'ladi, chunki ayni oila inson axloqiy shakllanishining birinchi va asosiy joyi hisoblanadi. Oila insoning shakllanishida asosiy rol o'ynaydi. Insoning bolalik va o'smirlik davri uning shakllanishida hal qiluvchi davr bo'lib, bu davrda shaxsni oiladan tashqarida tasavvur qilib bo'lmaydi. Oila o'zida ijtimoiy maishiy muhitning keng va asosiy xususiyatlarini mujassamlashtirgan bo'lib, ular bola tarbiyasida, uning shaxsi sifatida axloqiy shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Normal oila tarbiyasi doirasidan chetga chiqish jamiyat nuqtai nazaridan qaraganda, ijtimoiy tarbiya normalarining quyidagi sohalarida buzilishiga olib kelishi mumkin: a) oilaning moddiy va maishiy sharoitida; b) uning tarkibi va tuzilishida; v) oilaning axloqiy sifatlarida; g) tarbiyaning pedagogik jihatlarida, shuningdek oilaning maktab bilan bo'ladigan aloqalarida. Bizningcha voyaga yetmaganlarning turli jinoyatlarda, jumladan, jinsiy jinoyatlarda ham oilaning axloqiy sifatlari ham o'z navbatida ta'sirini o'tkazadi. Bu borada voyaga yetmaganlarning jinsiy jinoyatlardagi viktimligiga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, o'tkazilgan kuzatishlarga qaraganda, 28, 7% holatlarda jabrlanuvchilarning viktim xulqi jinoyat sodir etilishiga sabab bo'lgan. Nomusga tegish jinoyati bo'yicha 29% holatlarda - voyaga yetmagan jabrlanuvchilar o'zlarining engiltak xulq-atvori bilan tavsiflangan, 15% holatlarda esa ularga jamoatchilik tomonidan salbiy tavsif berilgan. Shuningdek, jinsiy jinoyatlarda bolalarning viktimligi ham yuqori hisoblanib (masalan, birgina GFRning o'zida har yili bolalarga qarshi qaratilgan 800 ga yaqin jinsiy jinoyatlar ro'yxatga olinadi), bunday viktimlik aksariyat holatlarda ichki oilaviy mojarolar va bolalarning nazoratsiz holda qoldirilishidan kelib chiqadi. Shuningdek, yosh qizlar, voyaga yetmaganlar zo'rlik ishlatib sodir etilayotgan jinoyatlarning ham qurbonlariga aylanib bormoqdalar. Shuni alohida takidlash lozimki, zamonaviy tarixning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.93 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.93 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga