Aliment undirish to'g'risidagi ishlarni ko'rishning protsessual xususiyatlari Alimentni sud tartibida undirish Yuqorida ko'rsatilganidek, oila huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlar sifatida aliment munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar ham sudlarga taalluqlidir. Aliment huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni xususiyatlari shundan iboratki, u hamisha shaxsiy munosabatlardan kelib chiqadi, bunday turkumdagi ishlarda protsessual huquq qabul qilinishga yo'l qo'yilmaydi. Demak, aliment undirish to'g'ri-sidagi ishlar muayyan xususiyatlarga ega, bu xususiyatlarni e'ti-borga olmaslik, taraflarning va boshqa mansabdor shaxslarning qo-nuniy huquqlarini jiddiy buzilishiga, g'ayriqonuniy va asoslantiril-magan qarorlarning chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Bolalar manfaatlarining muhimligini e'tiborga olgan holda qo-nun nikohdan ajralish to'g'risida arizabergan yer-xotinga yarashtirish to'g'risida muddat berisnni nazarda tutgan bo'lsa ham nizo bo'lmagan hollarda ajralish ishlari ko'rilganga qadar nafaqa undirish masalasini ishni qo'zg'atmasdan turib sud muhokama qilishga haqli ekanligi asoslab berilgan. Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani bolalarni ta'minlash majburiyatidan ozod etilmaydi. Shu tufayli da'vo qo'zg'atilgan-qo'zg'atilmaganligidan qat'i nazar, birgalikda hal etilishi shartligi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998-yil 11-sentabrda qabul qilgan qarorida ko'rsatilgan. Voyaga yetmagan bolalar va muomalaga layoqatsiz shaxslarning man-faatlarini va ularning aliment olishga bo'lgan huquqlarini ta'minlashning muhim kafolati oila qonunchiligida belgilangan. Unga ko'ra, agar javobgarning yashab turgan joyi noma'lum bo'lganida uni ichki ishlar organlari orqali qidirtirish majburiyati belgilangan (FPKning 140-moddasi). Aliment undirish to'g'risidagi da'vo arizasi yozma shaklda tuzilib, u FPKning 149-moddasida ko'rsatilgan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Javobgar aliment to'lashdan bosh tovlaganida uni qidirishlik uchun qanday choralar ko'rilganligi va uning hozirgi vaqtda qayerda yashaganligi to'g'risidagi ma'lumotlar ham arizada ko'rsatiladi. Javobgarning yashash joyi noma'lum bo'lsa, bu holat ham ko'rsa-tilishi kerak. Ota-onalardan bolalarning ta'minoti uchun aliment undirish to'g'risidagi da'volar ota-onalar o'rtasidagi nikoh tugatilganidan qat'i nazar, qo'zg'atilishi mumkin. Otalikni belgilash haqidagi da'vo bilan bir vaqtda bolaga aliment undirish to'g'risida talab keltirilishi ham mumkinligi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2001-yil 1-iyundagi «Otalikni belgilash haqidagi ishlarni ko'rishda sudlar tomonidan qonunlarning tatbiq etilishi to'g'risida»gi qarorida ko'rsatilgan. Mazkur turkumdagi ishlar oddiy tartibda, ammo tubanda ko'rsatilgan xususiyatlar e'tiborga olingan holda ko'riladi. FPKning 131-moddasi bunday ishlarni ko'rish uchun qisqartirilgan mud-datlar belgilaydi. Chunonchi taraflar bir shahar yoki bir tumanda yashasalar, ish 10 kundan kechiktirilmasdan ko'riladi, boshqa hollarda esa ariza qabul qilingan kundan boshlab 20 kundan kechiktirilmasdan ko'riladi. Ammo bu qoida bunday da'voning boshqa ishlarga qo'shib ko'rilishida tadbiq etilmaydi. Masalan, otalikni belgilash to'g'risidagi ishga aliment undirish to'g'risidagi ishlar qo'-shilganida tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda ish bir oygacha bo'lgan muddatga ko'rilishi mumkin. Javobgarning sud majlisida hozir bo'lishligini ta'minlashga alohida e'tibor beriladi. Aliment undirish to'g'risidagi ishlar bo'yicha javobgarning sudga kelishi umumiy qoida bo'yicha majburiy hi-soblanadi. Agar javobgar sud tomonidan uzrsiz, deb topilgan sabablar bo'yicha ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.02 KB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.02 KB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: doc